S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Ruhiy holatni barqarorlashtiruvchi muolajalar
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yengil qo‘rqish
- Kuchli qo‘rquv
Ruhiy holatni barqarorlashtiruvchi muolajalar
Bolalarda kuchli asab — hayajon holati ko‘pincha og‘- riqsizlantiruvchi vositaning ta ’sir kuchidan qat’i nazar m o‘ljallangan maqsadni va ruhiy barqarorlikni ta’minlashga anchagina halaqit beradi. Bunga sabab shuki, bolada shifokor xonasida paydo bo‘lgan qo‘rquv hissi natijasida bosh miya po‘stloq qavatida joylashgan (jumladan, emotsiya) markazlar kuchli qo‘zg‘aladi. Bu qo‘zg‘alishlar natijasida og‘riqsizlantirish vositalarining ta’siri ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Shulami nazarda tutgan holda, har qanday muolaja (ayniqsa, og‘riq bilan kechadigan) oldidan bolalaming ruhiy barqarorligiga erishish juda muhim ahamiyatga egadir. Kuchli asab qo‘zg‘alishi holatiga qarab, ayniqsa, maktab yoki bog‘cha yoshidagi bolalarni uch guruhga ajratish mumkin. I guruh — bunday bolalarda asab qo‘zg‘alishi jarayoni kuch-li namoyon bo‘ladi. Ular o‘ta faol (aktiv), agressiv va janjalkashliklari bilan ajralib turishadi. Torm ozlanish jarayoni ularda kuchsiz namoyon bo‘ladi. II guruh — bunday bolalarda tormozlanish jarayoni kuchliroq b o iib , ular b o ‘shang, qo‘rqoqlik hissiyotiga berilgan, bolalarga kamroq qo‘shiladigan bo'ladi. Bunday bolalar ko‘proq o ‘rtoqlaridan ozor chekishadi. I I I guruh — u lar ru h an m uqim sizligi, q o ‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muvofiqlashmaganligi bilan ajralib turishadi. Ularda qo‘rqish hissiyoti sezilib turadi, horg‘inlik tezda namoyon bo‘lib, fikmi bir nuqtaga jamlay olish qobiliyati sust bo‘ladi Shifoxonada bolalaming o ‘zini tuta bilish qobiliyatiga qarab, ularda sodir bo‘ladigan yengil, kuchli va o ‘ta kuchli namoyon bo‘ladigan qo‘rquv hissiyotlarini kuzatish mumkin. Yengil qo‘rqish hissiyotini namoyon qiluvchi bolalar, odatda turli bahonalar («Tishim endi og‘rimayapti», «Yaxshisi ertaga kelam an», «H ozir o ‘zim ni yom on his qilayapm an») bilan davolanishdan bosh tortmoqchi bo‘lishadi. Ular atrofga qo'rquv va shubha bilan qarashadi. Shifokordan uning har bir hatti-harakatini tushuntirib berishni so‘rashadi. Kuchli qo‘rquv hissiyotiga ega bo‘lgan bolalar davolanishdan qat’iy bosh tortishadi, davolanish o‘rindig‘iga o ‘tirishmaydi, yig‘loqi bolishadi. Ba’zan ular agressiv(tajavuzkor) holatlarni namoyon qilishadi. Bunday hollarda ular shifokorga tashlanib uni itarishadi, teskari o ‘tirib olishadi, unga hamla qilishadi (ba’zan tishlab olishlari ham mumkin). Bu hatti-harakatlar oqibatida ulaming yurak urishi, nafas olishi tezlashadi, ko‘z qorachig‘i torayadi, kuchli ter quyiladi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling