S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
6- rasm. Birlamchi kariyes.
Bir guruh boshqa olimlar tish kariyesini yuzaga kelishida boshqa um um iy sabablar, masalan organizmdagi m odda almashinuv jarayonining buzilishi, ovqatlanish rejimining buzilishi, ekologik tashqi muhitning izdan chiqishi, organizmning umumiy holati va Lining reaktivlik darajasi omillari ham muhim o‘rin tutishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bayon qilmoqdalar. Yuqorida bayon etilgan m a’lumotlaming qanchalik bir-biriga /id ekanligiga qaramay hozirgi zam on «isbotlangan tibbiyot» fani kariyes jarayonini yuzaga kelishida ftor elementining tanqisligi, kalsiy va vitaminlaming yetishmovchiligi, saharozaning haddan tashqari ko‘payib ketishi va nihoyat asosiysi og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holatining juda past darajada ekanligini e ’tirof etmoqda. Aynan, gigiyenik holatning yomonligi yorib chiqqan tish emalining to ‘g‘ri rivojlanishi ham da uning minerallashuviga salbiy ta ’sir etishiga oid izlanishlar boshqa «isbot talab» etmaydigan darajadagi tadqiqot pog‘onalarini o ‘tab bo'lgan. Dunyodagi yetakchi ilmiy-tekshirish muassasalari olimlarining ko‘p yillik kuzatuvlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ichimlik suvidagi ftoming kam darajada (0,2—0,6 mg/1) bo‘lishi tish emalining kariyesga beriluvchanlik darajasini yanada oshirib yuborar ekan. Ftoming suvdagi miqdorini 0,8—1,2 mg/1 bo‘lishi optimal(maqbul) holat deb aniqlangan. Biroq, ushbu holat bilan tish emalining kariyesga beriluvchanlik darajasini har doim ham pasaytirib turish mumkin emasligi ko'pgina tadqiqotlar yordamida aniqlangan. Kariyes kasalligining tarqalishiga va uning intensivligini oshib borishida ichimlik suv tarkibidagi kalsiy, fosfor, mis, ruh va boshqa bir qator makro- va mikroelementlarining miqdori muhim rol o‘ynaydi. Lekin, ushbu elementlar mavjud bo‘la turib, faqat ftoming bo‘lmasligi kariyesni oshib borishiga sababchi bo'lishi mumkin. Madomiki, shunday ekan, ftorni kariyesga qarshi asosiy omil deb bilsak, ushbu omil ta ’sirini yanada chuqurlashtiruvchi qo‘shimcha omil — bu qolgan barcha mikroelementlar bolishi mumkin. Biokimyo fanidan bizga m a’lumki, so‘lak bilan emal orasida beto‘xtov ravishda o'zaro ionli almashinuv jarayoni kechadi. Ushbu m uhim jarayon ayniqsa, bolaning tishi yorib chiqqan vaqtda jadal tus oladi va aynan shu davrda tish emali to ‘liq voyaga etib olishi m um kin. Ushbu m a’nodan kelib chiqqan holda, biz, og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lakni emalning to‘liq minerallashib olishida qanchalik muhim rol o‘ynashini bilib olishimiz mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bolalar og‘iz b o ‘shligi gigiyensini ratsional tarzda olib borish maqsadida tish pastalari va eliksirlari tarkibida ftor, fosfor, kalsiy kabi mikroelementlami bo'lishi maqsadga muvofiq deb topilgan. Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik ta’lim-tarbiya ishlarini to ‘g‘ri shakllantirish va sog‘lom stomatologik turmush tarzini yulga qo'yish bilangina kariyes va uning asoratlariga barham beriladi. Ushbu gigiyenik ishlami to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida qo‘lga kiritilayotgan ijobiy natijalarga qaramasdan, ayrim masalalar hamon muammoligicha qolib kelmoqda. Ularni shartli ravishda qo'yidagi to ‘rtta guruhga bo‘lib o‘rganishimiz mumkin: 1. Davolash — profilaktika uchun qo'llaniladigan tish yuvish vositalarining bolalar tom onidan to ‘g‘ri qo‘llanilishini tibbiyot xodimlari, ota-onalar va ta ’lim-tarbiya muassasalari xodimlari tomonidan yaxshi nazorat qilinmasligi. 2. Pediatr va bolalar stomatologlari hamda ularga biriktirilgan o‘rta tibbiyot xodimlaridagi gigiyenik ta’lim-tarbiyaga oid bilimlaming yetishmasligi. 3. Har bir gigiyenik vositaning aynan qanday holatlarda qo‘llash (ко‘rsatmalar) zarurligi, ulardan qancha vaqt mobaynida foydalanish mumkinligi to ‘g‘risidagi elementar m a’lumotlami bilmasligimiz. 4. Sog‘lom stomatologik turmush tarzi va to‘g‘ri ratsional gigiyenik qoidalar haqidagi muhim m a’lumotlami shakllangan bolalar guruhi orasida targ‘ib qilishni sust darajada (faqat rasmiyatchilik va hisobot uchun) olib borilishi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling