S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
Kariyes jarayonining yuzaga kelishiga hom ilador onaning
noto‘g‘ri ovqatlanishi va har turli kasalliklarga moyil bo‘lishi sabab bo‘ladi, chunki tish kurtaklari hom iladorlik davrining 5—6 haftasidanoq paydo bo‘la boshlaydi, salbiy omillar esa shakllanayotgan tish emalining kariyesga bo‘lgan rezistentlik darajasini pasaytirib yuboradi. Yoshligida ko‘proq kasalliklami boshidan kechirgan bolalarda ham kariyes ko‘proq uchrashi ma’lum. Balog‘atga etish davrida tishlar kariyesi keskin ortadi. Ayollar ko‘pincha homiladorlik davrida birdaniga bir nechta tish kariyesi bilan shikastlanadilar, chunki bu davrda ayol organizmida homila skeletini tiklash uchun kalsiy, fosfor tuzlariga v;i boshqa mikroelementlarga bo'lgan faoliyatining o‘zgarishi, modda almashinuvining buzilishi sabab bo‘ladi. Kariyes tishning tabiiy o‘yiqlarida (ftssura), qo‘shni tishga tegib luruvchi yuzasida (proksimal), ovqat qoldiqlari ushlanib qoladigan va so‘lak bilan yaxshi yuvilmaydigan yuzalarida rivojlanadi. Tish toj qismining chaynov yuzasida esa, kariyes aksariyat hollarda ko‘p iichraydi (7- rasm). 7- rasm. Tish chaynov yuzasi kariyesi. Kariyesning boshlang‘ich davrida tish yuzasida mayda oq dog‘ (ba’zida qoramtir) paydo bo‘ladi. Keyinchalik mazkur emal yumshab qoladi. K am quw at bolalar va hom ilador ayollarda em alning yumshashi keskin tus oladi. Bu holatni bemoming o‘zi hech qachon sezmaydi, buni vrach-stomatolog faqatgina maxsus usullar bilan aniqlashi va ko‘rishi mumkin. Yumshagan (deminerallashgan) emal asta-sekin yemirilib, kichkina kavak hosil bo‘ladi, buni yuza kariyes deb ataladi. Jarayon tishning emal qavatidan dentinning ustki qatlamlariga o‘tgan taqdirda o ‘rta kariyes va nihoyat, tish yemirilishi pulpaga etay deb qolganda, chuqur kariyes deb ataladi (8- rasm). Yuza kariyesda tish nordon va shirinlik ta ’sirida og‘riydi. Tish doim og'rib turmaydi, ya’ni ta ’sirlovchi sabab bartaraf etilganda to ‘xtaydi. Ba’zan yuza kariyes bilan og‘rigan tish kishini bezovta qilmasligi ham mumkin. Agar shunday tish o‘z vaqtida davolatilmasa, kariyes jarayoni dentinga o ‘ta boshlaydi. Bunda tish nordon va shirinliklardan tashqari, issiq va sovuq ta’sirida ham og‘riy boshlaydi. Undan so‘ng chuqur kariyes jarayoni boshlanib, tish kavagiga har qanday ovqat tushganda ham tishda og‘riq paydo b o ‘laveradi. Lekin kavakdagi ovqat qoldig‘ini olib tashlanishi bilan og‘riq tezda to ‘xtaydi. Shu sababli bolalar (kattalar ham) jag‘ning kariyesga chalingan tish joylashgan tarafi bilan emas, balki sog‘ tom oni bilan ovqat chaynashga harakat qila boshlaydilar. Bu holat, bora-bora jag‘ning noto‘g‘ri (qiyshiq) o ‘sishiga olib keladi, natijada esa tish- jag‘-yuz anomaliya va deformatsiyalari yuzaga kela boshlaydi. Bolalaming sut va doimiy tishlarida kariyes kasalligi kattalarga nisbatan tez kechadi, 0,5—1,0 yil ichida tish yemirilib ulguradi, asorat esa jadal sur’atlar bilan yuzaga kelishi mumkin. Ba’zan kariyes jarayoni sifatli ishlangan plomba ostida ham davom etadi. Bunday bolalaming tishi qamroq minerallashganligidan va mikroorganizmlar ta ’siriga chidam sizligidan dalolat berib turibdi. Tish kavagi mikroorganizmlar o ‘chog‘i hisoblanadi (8-rasmga qarang). Ushbu mikroblar va chirigan ovqat qoldiqlari kavak devorining yanada tezroq chirishini ta ’minlaydi va kavak yanada kattalashadi. Chirish (kariyes) jarayoni tishning yanada ichkari qatlamlariga, ya’ni pulpaga o ‘tadi, natijada tish pulpa to'qim asi yallig‘lanadi — pulpit yuzaga keladi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling