S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Pulpit. Bu kasallik kariyesning ilk yallig‘li asorati hisoblanadi. 
Bunda pulpani innervatsiya qiluvchi nerv oxirlari va tolalari, qon 
tomirlar yallig‘lanishdan zararlanib qattiq og‘riqboshlanadi. Buni 
o ‘tkir pulpit deb ataladi. Og‘riq to ‘satdan, besabab boshlanib, tez 
to'xtaydi. Keyinchalik basabab og‘riq 1 soatdan 10—15 soatga 
cho‘zilishi mumkin va tez-tez qaytalanib turadi. Og‘riq jag‘ning hamma 
yeriga, quloqqa, jag‘ ostiga va chakkaga irradiatsiya berishi (tarqalishi) 
mumkin. Bu vaqtda tish kavagini biror o ‘tkir uchli asbob (gugurt 
cho‘pi, tish kavlagich, igna) bilan kavlansa, og‘riq battar zo'rayishi 
mumkin.


K o‘pincha o ta-onalar bolalardagi bunday tish og‘rig‘ini 
qoldirish uchun o ‘z bilganlaricha davo qilishadi: og‘izni har xil 
damlamalar bilan chayish, tish kavagiga atir yoki aroq shimdirilgan 
paxta o‘rami, sarimsoq piyoz, tuz, qalam pirm unchoq, bosh yoki 
tana og‘rig‘ini vaqtincha to‘xtatib turuvchi turli tabletkalami qo‘yishadi. 
Bu choralar tish og‘rig‘ini vaqtincha qoldirsa-da, pulpadagi 
yallig‘lanish to ‘xtamaydi, aksincha yanada chuqurlashib borishiga 
sabab b o ‘ladi. Bolalarni bunday «davolash» ular organizm ini 
zaharlanishiga sabab b o ‘lishi mumkin.
Yallig‘langan pulpa natijada chirib, nobud bo‘ladi. Tishning 
oziqlanishi buzilgach, rangi ham o ‘zgaradi, m o‘rt b o ‘lib, uvala- 
nadigan bo‘lib qoladi.
Bolalarning sut va doimiy 
tishlaridagi kariyes jarayoni juda 
erta b o ‘lgani uchun pulpaning 
yallig‘lanishi jadal tus oladi va tezda 
yiringlab ketadi. Bola tishlarining 
ildizi hali to ‘la taraqqiy qilma- 
ganligi yoki so‘rilish (rezorbsiya) 
boshlanganligi tufayli yallig‘lanish 
jarayoni tish atrofidagi to ‘qi- 
malaiga juda tez tarqaladi. Odatda 
o ‘lgan pulpadagi yiringli yallig‘- 
lanish jarayoni asta sekin ildiz 
kanali uchidagi kavak orqali tish 
atrofidagi to ‘qim alarni yallig‘- 
lanishiga sababchi bo‘ladi.
Periodonit. Tish ildizi at­
rofidagi yum shoq to 'q im a — 
p e rio d o n tn in g y allig ‘lan ish i- 
dir. Bu kasallikning boshlani- 
shiga asosiy sabab kariyes va 
pulpitni o ‘z vaqtida davolatmas- 
likdir (9- rasm).
0 ‘tkir periodontit tishning 
9
- rasm. 
Periodont
q a ttiq m exanik t a ’sir o stid a 
to ‘qimasining yalliglanishi.


periodont tolalarining cho‘zilishi yoki ezilishi hisobidan ham yuzaga 
kelishi (travmatik peridontit) yoki pulpitni medikamentli davolash 
vaqtidagi dori moddasini periodont to'qimasiga shimilib (diffuziya) 
o ‘tishi natijasida (medikamentoz peridontit) ham paydo bo‘lishi 
mumkin. Lekin ko‘pincha pulpadagi yallig'lanish hisobidan yuzaga 
keluvchi o‘tkir periodontitlami uchratamiz.
0 ‘tkir peridontitda tish to ‘xtovsiz qattiq og‘riydi. Kasai tishga 
behosdan tegib ketilsa, og‘riq juda zo'rayib ketadi. Bemoming nazarida 
tish o ‘sib boshqa tishlarga nisbatan balandroq turganga o ‘xshab 
tuyuladi. Og‘rigan tish tomonda umuman ovqat chaynab bo‘lmaydi. 
Kasai tish atrofidagi milk bolalarda tez qizaradi va shishadi. Jag‘ 
atrofidagi ayrim limfa bezlari kattalashadi, ularda ham og‘riq turishi 
m um kin. Bolaning tana harorati subfebril bo 'lad i, ishtahasi 
bo‘lmaydi, lanjligi oshib boradi. Tishlarini og‘riq tufayli yuvishga 
qiynaladi, gigiyenik holat yomonlasha boradi. Bu esa tish atrofi milki 
va p erio d o n t t o ‘qim asidagi yallig‘lanish jaray o n in i yanada 
chuqurlashuviga sabab bo'ladi.
Surunkali periodontitda tishning og‘rimaslik holatlari ham 
uchraydi. Bunda tish ildizining uch qismida yiringli xaltacha, ya’ni 
granulema hosil bo‘lishi mumkin. Aynan tish ildizlarida bunday 
surunkali yallig'lanish o ‘choqlari mavjud bolalar angina, adenoid, 
revmatizm, buyrak kasalliklari bilan boshqa bolalaiga nisbatan ko‘proq 
og'riydilar.
Periodontitni o ‘z vaqtida davolamasa, granulema kattalashib, 
ba’zida kistaga aylanib ketadi. Surunkali periodontitda tishning ildiz 
uchi qismida granulema yoki kista bor- yo‘qligini stomatolog — vrach 
rentgenda tekshirib aniq tashxis qo‘yadi.
Ko‘pgina hollarda surunkali periodontit qayta zo‘rayib, avj olib 
ketadi va xuddi o‘tkir periodontitdek tishda qattiq — uzluksiz og‘riq 
turadi. Bunda tishning ildizi atrofidagi yiring jag‘ suyaklari tanasida 
joylashgan Gavers va Folkman kanalchalari (tirqishchalari) orqali 
suyak pardasi ostiga yo‘l oladi va uni yallig‘lantiradi, natijda suyak 
pardasi o ‘tkir yallig‘lanib, periostit kasalligi kelib chiqadi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling