S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Ponasimon o‘yiqli tishlar
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
Ponasimon o‘yiqli tishlar maktab yoshidagi bolalarda ko‘proq
uchraydi. Bunda tish bo‘yni yaqinida pona shaklidagi o‘yiqcha hosil bo‘ladi. Ponasimon o ‘yiqning yuzasi, qirralari juda tekis, yaltiroq bo‘lib, xuddi unga birov maxsus ishlov berganidek bo‘lib tuyuladi. Tishda og‘riq yoki kariyes kavagi bo‘lmaydi, biroq estetik nuqtai nazardan xusniga putur etadi, xolos. Flyuoroz. Bu kasallik tish emal qavatining zararlanishi bilan xarakterlandi. Kasallik yuqori va pastki jag'dagi frontal (oldingi) tishlarni qamrab oladi. Flyuorozli emal yuzini bo‘rsimon dog‘ va chiziqlar, ba’zida tubi jigarrang bo'lgan nuqsonlar (o‘yiqlar) hosil bo‘ladi. Ushbu kasallik ichimlik suvida ftor ko‘p bo‘lgan geografik m u h itlard a yashovchi bolalar tishida uchraydi. Suvda ftor mikroelementi ko‘p bo‘lgan joylarda aholi organizmi undan surunkali tarzda zaharlana boradi, natijada organizmda moddalar almashinuvi buziladi, kasallikning ilk belgisi tishda ko‘rinadi (11- rasm). Bu kasallikni oldini olishni bola tug‘ilganidan boshlab to 7—8 yoshga yetgunicha davom ettirish zarur. Buning uchun muntazam sut ichib turish kerak. Chunki sut suvdagi ortiqcha ftor ionini o‘ziga 11- rasm. Tishlar fluorosi. biriktirib uni zararsizlantirish hususiyatiga ega. Yoz oylarda bolalarni boshqa geografik zonalardagi bolalar dam olish lagerlari, sihatgohlariga olib chiqib ketish mumkin. Bolalar va o ‘smirlarda tish bo‘yni yuzasida ba’zan ко'к rangli jiyakni uchratish mumkin. Bu ko‘kimtir qatlam tish emali bilan juda mustahkam birikkan bo‘ladi, hatto maxsus cho‘tka va dorilar bilan tinmay ishqalaganda ham qiyinchilik bilan ko‘chadi. Bunday qatlam tish emaliga mahkam o ‘mashib olgan mikroorganizmlar (zambrug‘, xlorofill bakteriyalari) hisobiga yuzaga keladi. Bolalar va o ‘smirlarda tish karashlari hosil bo‘lmasligi uchun ovqatni ham m a tishlarda bir xil chaynash, ovqat ratsioniga suvi qochgan non, suxari, olma, sabzi kabilami kiritish lozim. Ovqatdan so‘ng og‘izni albatta katta bosim ostida chayish lozim. Bir yilda kamida 2 marta stomatolog ko‘rigidan o ‘tib turish shart. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling