S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
12- rasm. Lablardagi tug'ma kemtiklik.
N uqson qanchalik katta b o ‘lsa, funksional o ‘zgarishlar shunchalik darajada chuqurlashib boraveradi (ovqatni og‘iz orqali qabul qilish, suyuqliklarni simirish, so‘rish, puflash, og‘izga havo dimlash, nafas olish, so‘zlashuv nutqi va eshitish qobiliyati). Hozirgi statistik m a’lumotlar, bolalardagi har uch nuqsonning bittasi burun bo‘shlig‘i germetizmining buzilishi bilan kechishini k o ‘rsatm oqda. B unday buzilish evstaxiyev havo y o ‘lining o‘tkazuvchanlik darajasini buzilishi va eshitish qobiliyatining o‘zgarishi bilan davom etadi. Bunday nuqsonli bolalar nutq so‘zlash, ayrim iboralami bayon etish borasida katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Endilikda bunday bolalarni samarali davolash va ulardagi psixo- emotsional rivojlanishni to ‘g‘ri yo‘lga solish borasida rivojlangan davlatlaming yirik shaharlarida maxsus markazlar tashkil etilmoqda. Shu jum lad an , Toshkent shahrida ham T oshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshida ana shunday Tibbiy-pedagogik kompleks faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda xirurg-stomatologlardan tashqari pediatrlar, logopedlar, ortodontlar, jismoniy tarbiyachilar, pedagoglar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Olimlarimizning kuzatuvlariga ko‘ra, bunday nuqsonlarning 5%i irsiy yo‘nalishda avloddan-avlodga o ‘tib borar ekan. Homilaga tashqi sharoitning noo‘rin ta ’siri bu yerda asosiy o ‘rin tutadi. Ushbu nohush ta ’sirotlarni aynan sanab o ‘tish borasida turli tadqiqotlar olib borilmoqda. Eksperemental tadqiqotlar A vitaminining ko‘p istemol qilinishi, kislorod yetishmovchiligi, rentgen nurining ta’siri, to ‘yib ovqat yemaslik, kartizonning ta ’siri kabi omillarni asosiy sababchi ekanligini ko‘rsatmoqda. Kundalik kuzatuvlar esa, aksariyat shunday nuqsonlar bilan tug‘ilayotgan bolalaming onalari homiladorlik davrida shaytonlash (epilepsiya)ga qarshi dori vositalaridan foydalanganliklarini ko‘rsatmoqda. Tug‘mq uylari(kompleksi)da ishlovchi vrachlar, shu jumladan, mikropediatr yoki neonotologlar shunday nuqson bilan tug‘ilgan bolalarni darhol vrach-xirurg-stom atolog ko‘rigidan o ‘tishini ta’minlab berishlari lozim. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling