S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Nazorat savollari
1. Bolalarda uchraydigan asosiy stomatologik kasalliklami sanab o ‘ting.
2. Tish kariyesi qanday patologiya?
3. Kariyesni yuzaga keltiruvchi omillami aytib bering.
4.
Kariyesning yallig'li asoratlarini sanab o'ting.
5. Kariyesning deformativ asoratlarini aytib bering.
6. Kariyes organizm uchun qanday havf tug‘dirishi mumkin?
7. Bolalar og‘iz bo ‘shlig‘i gigiyenasini yaxshilashda pediatrlaming roli 
qanday?
8. Gigiyenik ta'lim-tarbiyani to‘g‘ri vo’lga qcVyishda yuzaga kelayotgan 
muammolarni gapirib bering.
9. Tishlaming nokariyes kasalliklari haqida nimalami bilasiz?


Y U M SH O Q VA QATTIQ TANGLAY HAM DA YUQORI 
LABNING TU G ‘MA NUQSONLARI
Yuz-jag‘ sistemasi embrional rivojlanishining buzilishi natijasida 
yuzaga keluvchi nuqsonlardan biri lab va tanglayning to ‘liq 
rivojlanmay qolishidir.
Hozirda rivojlangan davlatlardagi tug‘ilayotgan har 500—600
- chaqaloqda yuqori lab yoki tanglay yorig‘ini kuzatishimiz mumkin. 
Ushbu patologiyaning tarqalganlik darajasi turli hududlarda 
turlichadir, yer yuzidagi eng rivojlangan mamlakat hisoblangan 
Yaponiyada ushbu ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lsa, Afrikaning tropik 
o‘lkalarida yashovchi qora tanli aholi orasida eng past darajada ekanligini 
ko‘rsatmoqda.
Tanglay va labning tug‘ma nuqsonlari yuz skeleti va yumshoq 
to ‘qimasining to liq rivojlanmay qolishi natijasida yuzaga keladi. 
M a’lumki, lablar embrional davrining 5- haftasida chap va o ‘ng 
burmalar birlashuvi hisobidan shakllana boshlaydi. 8- xaftada esa, 
tanglay o ‘simtalari birlashib bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shakllanib 
b o ‘lgach, burun b o ‘shlig‘i shakllana boshlaydi. B inobarin
homiladorlikning birinchi ikki oyligida embrion to‘qmalarida namoyon 
bo ‘luvchi noxush o ‘zgarishlami xarakteriga qarab, patologiyalar 
lablarning qisman nuqsonidan tortib, hattoki butun yuz skeletining 
to iiq yoriqli (birlashmay qolish) nuqsonigacha olib kelishi mumkin 
(12- rasm).

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling