S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

0 ‘ta kuchli qo‘rquv hissiyotiga ega bo‘lgan bolalarni shifokor 
xonasiga olib kirishning o ‘zi ancha mushkullik tug‘diradi. Ular ota- 
onalariga yopishib olishadi, b aq irishadi, yig‘lashadi. Asab 
sistemasining kuchli qo‘zg‘alishi oqibatida, ularda qattiq yo'talish, 
qusish, ixtiyorsiz siydik chiqarish hollarini kuzatish mumkin. Bunday 
bolalarni o'rindiqda o ‘tqazish juda mushkul ishdir.
Shuning uchun shifokor bolalarni davolash paytida ularning 
emotsional ruhiy holatini aniqlashi, davolash va og‘riqsizlantirishdan


oldin ulaming ruhiy barqarorligini baholashi lozimdir. Bolalarda juda 
kuchsiz namoyon bo‘ladigan qo‘rquv hissiyotlarini aniqlashning 
o ‘zi ularda og‘riqsizlantirish muolajalarini ruhiy holatni barqa- 
rorlashtiruvchi muolajalar bilan birgalikda olib borishni talab qiladi. 
Bu esa o ‘z navbatida og‘riqsizlantirishning m ahalliy usulini 
kuchaytirishning bir yo‘nalishidir. Shu bilan bir qatorda shifokor- 
pediatrlaming bolalar bilan til topisha bilishi, ular bilan o‘z bolasidek 
mehribonlik bilan muloqotda bo‘lishi, shirin gapirib, o ‘ziga rom qila 
bilishi ham bolalardagi qo‘rquv hissiyotlarini pasaytiradi va o ‘zlariga 
bolgan ishonchni kuchaytimdi. Bu esa o‘z navbatida amalda qo‘llanishi 
zarur bo‘lgan muolajalaming ijobiy ta ’sirini oshirishda yordam 
beradi.
Y uqorida bayon qilingan og‘riqsizlantirish usullaridan 
foydalanish mobaynida ularning ta ’sir kuchini yanada oshirish va 
bolalarning (ayniqsa, kuchli qo‘rquv hissiyotiga ega bo‘lgan) ruhiy 
holatini barqarorlashtirish maqsadida bugungi kunda qator tadbirlar 
ishlab chiqilgan. Bular og‘riqsizlantirishdan oldin o‘tkaziladigan dori- 
darmonli muolajalar — premedikatsiyadir. Ya’ni bolalarni bevosita 
amalga oshirilishi lozim bo'lgan davolash tadbirlariga tayyorlashdir. 
Bu maqsadda qator dorivor preparatlaridan foydalanish mumkin.
Bu moddalar asosan bolalarning ruhiy holatiga ijobiy ta ’sir 
ko‘rsatib, ulaming ruhiy holatini barqarorlashtiradi. Shundan so‘ng 
bolalar shifokoming davolovchi va og‘riqsizlantiruvchi muolajalariga 
nisbatan bir m uncha befarq bo‘lib qolishadi.
Y uqorida zikr etilgan m aqsadlar uch u n m arkaziy asab 
sistemasini tinchlantiruvchi vositalardan foydalaniladi. Bular 
trankvilizatorlar va uyqu dorilaridir.
Tinchlantiruvchi preparatlardan amizil, elenium, oksilidin, 
seduksen, trioksazin, geksorbarbital va boshqalar bolalarning yoshiga 
qarab buyuriladi (3 yashar bolaga kattalarga m o ‘ljallangan 
miqdorning 1/3 qism i, 7 yasharga 1/2 qism i, 10—12 yashar 
bolalarga esa 2/3 qismi). Bulami muolajada 30—40 daqiqa oldin bar 
marotaba berish mumkin yoki bo‘lmasa 5—7 kun mobaynida kuniga 
bir marta ichirib, bolalarni shu yo‘sinda tayyorlash ham qulaydir.


Tinchlantiruvchi vositalardan aralashma tayyorlab foydalanish 
ham yaxshi natijalar beradi. Rissiya Markaziy stomatologiya ilmiy- 
tekshirish instituti (SNIIS) xodimlari bu maqsadda quyidagilarni 
taklif qilishadi:
1) oksilidin-analgik-amizil aralashmasi;
2) meprobamat-amizil-amidopirin-diprazin;
3) meprobamat-fenobarbital-aminazin-atsetilsalitsil kislotasi- 
tavegil;
4) diazepam -nitrozepam -m efenam in kislotasi-tavegil va 
boshqalar.
Ba’zi bir hollarda yuqorida ko‘rsatilgan qator tadbirlarga 
qaramasdan, ayrim bolalarda mo'ljallangan natijaga erishilmas-lik 
hollari ham uchrab turadi. Bolalarga tinchlantiruvchi vositalar va 
og‘riqsizlantiruvchi muolajalar ham ayrim hollarda ta ’sir ko‘rsata 
olmaydi. Bunday bolalarda qo'rquv hissiyoti o ‘ta kuchli rivojlangan 
yoki bo‘lmasa, dorivor vositalariga nisbatan tana sezgirligi yuqori 
bo'lishi mumkin. Bulami shifokor, albatta hisobga olmog‘i zarur. Oz 
miqdorda uchrashi m umkin b o ‘lgan bunday hollarda davolash 
tadbirlari bolalarda umumiy og‘riqsizlantirish (narkoz) yo‘li bilan 
amalga oshirilmog‘i lozimdir.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling