S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLALAR VA 0 ‘SMIRLARDA UCHRAYDIGAN A SO SIY STOMATOLOGIK KASALLIKLAR
Nazorat savollari
1. Stomatologiya fani nimani o ‘rganadi? 2. Stomatologik organlar taraqqiyotini bilish nima uchun zarur? 3. Tishlar taraqqiyoti necha davrga bo‘lib o ‘rganiladi? 4. P e d iatrla r u c h u n tish q a ttiq to 'q im a la rid a g i m inerallanish (ohaklanish) jarayonlarini o ‘rganish nima uchun zarur? 5. Og‘iz shilliq pardasi holatini o'rganish nim a uchun zarur? 6. Ikki yoshlik bolaning yuz-jag‘ suyaklari necha foizgacha o‘sib ulguradi? 7. Tish-jag‘ anomaliyalariga olib keluvchi omillari pediatr tom onidan o ‘rganilishi shartmi? 8. Og‘riqsizlantirish usullari va anestetiklaming ta’sir mexanizmi haqida nimalarni bilasiz? BOLALAR VA 0 ‘SMIRLARDA UCHRAYDIGAN A SO SIY STOMATOLOGIK KASALLIKLAR Bolalar kasalliklari ichida eng ko‘p tarqalgani stomatologik kasalliklardir. Jahon sog‘likni saqlash tashkilotining keyingi yillardagi statistik ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, barcha kasalliklami beshdan bir qismini stomatologik kasalliklar tashkil etar ekan Asosiy stomatologik kasalliklar jumlasiga tish kariyesi va uning yallig‘li asoratlari (pulpit, perio d o n tit, periostit, abssets, flegm ona, osteomiyelit, limfadenit va h.k.), shilliq qavat kasalliklari, parodont kasalliklari, tish-jag‘ anomaliyalari misol bo‘la oladi. Kariyes tish qatiq to ‘qimasi (asosan emal va dentin)ning chirishi (destruksiya) natijasidagi yemirilib, kavak hosil bo‘lishidir. Kariyes surunkali kasallik hisoblanib, aholi orasida keng tarqalgan — taxminan 80—90 %. Ayniqsa yosh bolalar orasida (sut tishlarida) 95 % gacha uchratish mumkin. Olimlarning ta ’kidlashlaricha ushbu kasallikka 90—95 % holatlarda pastki sut molyarlari duchor bo‘lar ekan. K o‘pincha, bolalarda sut tishlarining kariyes bilan zararlanishi 2—3 yoshdan boshlanadi. Kariyes kasalligi 2—6 yoshlik bolalarda va 16—25 yoshli yigit-qizlarimizda ham m adan ko‘p uchraydi. Tek- shirishlarga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda kariyes maktab yoshigacha bo'lgan bolalarda 60'%, maktab yoshidagi bolalarda 85 %, kattalarda esa 70 %ga qadar tarqalgan. Kariyes kasalligining yuzaga kelish sabablari haqida olimlarimiz ham on turli fikrlarni bayon etib kelmoqdalar. Ko‘pgina olimlar mazkur patologiya ayrim mahalliy hududlar tabiatidagi (suv, oziq — ovqat, meva va sabzavot va h.k.) ftor va boshqa mikroelementlaming yetishmovchiligidan deb bilishsa, ayrimlari iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ratsionining keskin buzilishi (uglevodli mahsulotlarni, ayniqsa qandli mahsulotlarni (shirinliklar) ko‘p iste’mol qilish, vitam insiz ovqatlar bilan oziqlanish)dan deb ta ’kidlamoqdalar. Hozirgi zamon ilmiy tibbiyoti og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenik holati kariyes kasalligini yuzaga kelishi yoki bartaraf bo‘lib ketishida eng asosiy va muhim omil ekanligini isbotladi. Ayniqsa, gigiyenik holatni bolalar orasida juda yomon ekanligini inobatga oladigan boisak, yuqorida aytib o‘tilgan raqamlar bunga isbot bo‘la oladi (ya’ni, kariyes maktab yoshidagi bolalar orasida eng keng tarqalgan stomatologik kasallik hisoblanadi). Kariyes kasalligini yuzaga kelishida og‘iz bo‘shlig‘idagi mahalliy sharoitning tez-tez o ‘zgarib turishi ham katta o ‘rin tutadi. Masalan, og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroorganizmlaming patogen holatga o ‘tib qolishi. Bu holat tishlar yuzasidan mustahkam o ‘rin olgan «tish karashlari»ni stromasida yashovchi mikroblami ta’siri ostida kislotali muhitning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Bizga ma’lumki, bunday muhit tish emalini deminerallashuviga sabab bo‘ladi va mazkur nuqtalarda birlamchi kariyes yuzaga keladi (6- rasm). Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling