S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Nazorat savollari
1. Stomatologiya fani nimani o ‘rganadi?
2. Stomatologik organlar taraqqiyotini bilish nima uchun zarur?
3. Tishlar taraqqiyoti necha davrga bo‘lib o ‘rganiladi?
4.
P e d iatrla r u c h u n tish q a ttiq to 'q im a la rid a g i m inerallanish 
(ohaklanish) jarayonlarini o ‘rganish nima uchun zarur?
5. Og‘iz shilliq pardasi holatini o'rganish nim a uchun zarur?
6. Ikki yoshlik bolaning yuz-jag‘ suyaklari necha foizgacha o‘sib ulguradi?
7. Tish-jag‘ anomaliyalariga olib keluvchi omillari pediatr tom onidan 
o ‘rganilishi shartmi?
8. Og‘riqsizlantirish usullari va anestetiklaming ta’sir mexanizmi haqida 
nimalarni bilasiz?


BOLALAR VA 0 ‘SMIRLARDA UCHRAYDIGAN 
A SO SIY STOMATOLOGIK KASALLIKLAR
Bolalar kasalliklari ichida eng ko‘p tarqalgani stomatologik 
kasalliklardir. Jahon sog‘likni saqlash tashkilotining keyingi yillardagi 
statistik ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, barcha kasalliklami beshdan 
bir qismini stomatologik kasalliklar tashkil etar ekan Asosiy 
stomatologik kasalliklar jumlasiga tish kariyesi va uning yallig‘li 
asoratlari (pulpit, perio d o n tit, periostit, abssets, flegm ona
osteomiyelit, limfadenit va h.k.), shilliq qavat kasalliklari, parodont 
kasalliklari, tish-jag‘ anomaliyalari misol bo‘la oladi.
Kariyes tish qatiq to ‘qimasi (asosan emal va dentin)ning chirishi 
(destruksiya) natijasidagi yemirilib, kavak hosil bo‘lishidir. Kariyes 
surunkali kasallik hisoblanib, aholi orasida keng tarqalgan — taxminan 
80—90 %. Ayniqsa yosh bolalar orasida (sut tishlarida) 95 % gacha 
uchratish mumkin. Olimlarning ta ’kidlashlaricha ushbu kasallikka 
90—95 % holatlarda pastki sut molyarlari duchor bo‘lar ekan. 
K o‘pincha, bolalarda sut tishlarining kariyes bilan zararlanishi 
2—3 yoshdan boshlanadi. Kariyes kasalligi 2—6 yoshlik bolalarda va 
16—25 yoshli yigit-qizlarimizda ham m adan ko‘p uchraydi. Tek- 
shirishlarga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda kariyes maktab yoshigacha bo'lgan 
bolalarda 60'%, maktab yoshidagi bolalarda 85 %, kattalarda esa 
70 %ga qadar tarqalgan.
Kariyes kasalligining yuzaga kelish sabablari haqida olimlarimiz 
ham on turli fikrlarni bayon etib kelmoqdalar. Ko‘pgina olimlar 
mazkur patologiya ayrim mahalliy hududlar tabiatidagi (suv, oziq
— ovqat, meva va sabzavot va h.k.) ftor va boshqa mikroelementlaming 
yetishmovchiligidan deb bilishsa, ayrimlari iste’mol qilinayotgan 
oziq-ovqat mahsulotlari ratsionining keskin buzilishi (uglevodli 
mahsulotlarni, ayniqsa qandli mahsulotlarni (shirinliklar) ko‘p 
iste’mol qilish, vitam insiz ovqatlar bilan oziqlanish)dan deb 
ta ’kidlamoqdalar.
Hozirgi zamon ilmiy tibbiyoti og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenik holati 
kariyes kasalligini yuzaga kelishi yoki bartaraf bo‘lib ketishida eng 
asosiy va muhim omil ekanligini isbotladi. Ayniqsa, gigiyenik holatni 
bolalar orasida juda yomon ekanligini inobatga oladigan boisak,


yuqorida aytib o‘tilgan raqamlar bunga isbot bo‘la oladi (ya’ni, kariyes 
maktab yoshidagi bolalar orasida eng keng tarqalgan stomatologik 
kasallik hisoblanadi).
Kariyes kasalligini yuzaga kelishida og‘iz bo‘shlig‘idagi mahalliy 
sharoitning tez-tez o ‘zgarib turishi ham katta o ‘rin tutadi. Masalan, 
og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroorganizmlaming patogen holatga o ‘tib 
qolishi. Bu holat tishlar yuzasidan mustahkam o ‘rin olgan «tish 
karashlari»ni stromasida yashovchi mikroblami ta’siri ostida kislotali 
muhitning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Bizga ma’lumki, bunday muhit 
tish emalini deminerallashuviga sabab bo‘ladi va mazkur nuqtalarda 
birlamchi kariyes yuzaga keladi (6- rasm).

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling