S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
0 ‘ta kuchli qo‘rquv hissiyotiga ega bo‘lgan bolalarni shifokor
xonasiga olib kirishning o ‘zi ancha mushkullik tug‘diradi. Ular ota- onalariga yopishib olishadi, b aq irishadi, yig‘lashadi. Asab sistemasining kuchli qo‘zg‘alishi oqibatida, ularda qattiq yo'talish, qusish, ixtiyorsiz siydik chiqarish hollarini kuzatish mumkin. Bunday bolalarni o'rindiqda o ‘tqazish juda mushkul ishdir. Shuning uchun shifokor bolalarni davolash paytida ularning emotsional ruhiy holatini aniqlashi, davolash va og‘riqsizlantirishdan oldin ulaming ruhiy barqarorligini baholashi lozimdir. Bolalarda juda kuchsiz namoyon bo‘ladigan qo‘rquv hissiyotlarini aniqlashning o ‘zi ularda og‘riqsizlantirish muolajalarini ruhiy holatni barqa- rorlashtiruvchi muolajalar bilan birgalikda olib borishni talab qiladi. Bu esa o ‘z navbatida og‘riqsizlantirishning m ahalliy usulini kuchaytirishning bir yo‘nalishidir. Shu bilan bir qatorda shifokor- pediatrlaming bolalar bilan til topisha bilishi, ular bilan o‘z bolasidek mehribonlik bilan muloqotda bo‘lishi, shirin gapirib, o ‘ziga rom qila bilishi ham bolalardagi qo‘rquv hissiyotlarini pasaytiradi va o ‘zlariga bolgan ishonchni kuchaytimdi. Bu esa o‘z navbatida amalda qo‘llanishi zarur bo‘lgan muolajalaming ijobiy ta ’sirini oshirishda yordam beradi. Y uqorida bayon qilingan og‘riqsizlantirish usullaridan foydalanish mobaynida ularning ta ’sir kuchini yanada oshirish va bolalarning (ayniqsa, kuchli qo‘rquv hissiyotiga ega bo‘lgan) ruhiy holatini barqarorlashtirish maqsadida bugungi kunda qator tadbirlar ishlab chiqilgan. Bular og‘riqsizlantirishdan oldin o‘tkaziladigan dori- darmonli muolajalar — premedikatsiyadir. Ya’ni bolalarni bevosita amalga oshirilishi lozim bo'lgan davolash tadbirlariga tayyorlashdir. Bu maqsadda qator dorivor preparatlaridan foydalanish mumkin. Bu moddalar asosan bolalarning ruhiy holatiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatib, ulaming ruhiy holatini barqarorlashtiradi. Shundan so‘ng bolalar shifokoming davolovchi va og‘riqsizlantiruvchi muolajalariga nisbatan bir m uncha befarq bo‘lib qolishadi. Y uqorida zikr etilgan m aqsadlar uch u n m arkaziy asab sistemasini tinchlantiruvchi vositalardan foydalaniladi. Bular trankvilizatorlar va uyqu dorilaridir. Tinchlantiruvchi preparatlardan amizil, elenium, oksilidin, seduksen, trioksazin, geksorbarbital va boshqalar bolalarning yoshiga qarab buyuriladi (3 yashar bolaga kattalarga m o ‘ljallangan miqdorning 1/3 qism i, 7 yasharga 1/2 qism i, 10—12 yashar bolalarga esa 2/3 qismi). Bulami muolajada 30—40 daqiqa oldin bar marotaba berish mumkin yoki bo‘lmasa 5—7 kun mobaynida kuniga bir marta ichirib, bolalarni shu yo‘sinda tayyorlash ham qulaydir. Tinchlantiruvchi vositalardan aralashma tayyorlab foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Rissiya Markaziy stomatologiya ilmiy- tekshirish instituti (SNIIS) xodimlari bu maqsadda quyidagilarni taklif qilishadi: 1) oksilidin-analgik-amizil aralashmasi; 2) meprobamat-amizil-amidopirin-diprazin; 3) meprobamat-fenobarbital-aminazin-atsetilsalitsil kislotasi- tavegil; 4) diazepam -nitrozepam -m efenam in kislotasi-tavegil va boshqalar. Ba’zi bir hollarda yuqorida ko‘rsatilgan qator tadbirlarga qaramasdan, ayrim bolalarda mo'ljallangan natijaga erishilmas-lik hollari ham uchrab turadi. Bolalarga tinchlantiruvchi vositalar va og‘riqsizlantiruvchi muolajalar ham ayrim hollarda ta ’sir ko‘rsata olmaydi. Bunday bolalarda qo'rquv hissiyoti o ‘ta kuchli rivojlangan yoki bo‘lmasa, dorivor vositalariga nisbatan tana sezgirligi yuqori bo'lishi mumkin. Bulami shifokor, albatta hisobga olmog‘i zarur. Oz miqdorda uchrashi m umkin b o ‘lgan bunday hollarda davolash tadbirlari bolalarda umumiy og‘riqsizlantirish (narkoz) yo‘li bilan amalga oshirilmog‘i lozimdir. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling