S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

6- rasm. Birlamchi kariyes.
Bir guruh boshqa olimlar tish kariyesini yuzaga kelishida boshqa 
um um iy sabablar, masalan organizmdagi m odda almashinuv 
jarayonining buzilishi, ovqatlanish rejimining buzilishi, ekologik 
tashqi muhitning izdan chiqishi, organizmning umumiy holati va 
Lining reaktivlik darajasi omillari ham muhim o‘rin tutishi mumkinligi 
haqida o‘z fikrlarini bayon qilmoqdalar.
Yuqorida bayon etilgan m a’lumotlaming qanchalik bir-biriga 
/id ekanligiga qaramay hozirgi zam on «isbotlangan tibbiyot» fani


kariyes jarayonini yuzaga kelishida ftor elementining tanqisligi, kalsiy 
va vitaminlaming yetishmovchiligi, saharozaning haddan tashqari 
ko‘payib ketishi va nihoyat asosiysi og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holatining 
juda past darajada ekanligini e ’tirof etmoqda. Aynan, gigiyenik 
holatning yomonligi yorib chiqqan tish emalining to ‘g‘ri rivojlanishi 
ham da uning minerallashuviga salbiy ta ’sir etishiga oid izlanishlar 
boshqa «isbot talab» etmaydigan darajadagi tadqiqot pog‘onalarini 
o ‘tab bo'lgan.
Dunyodagi yetakchi ilmiy-tekshirish muassasalari olimlarining 
ko‘p yillik kuzatuvlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ichimlik suvidagi 
ftoming kam darajada (0,2—0,6 mg/1) bo‘lishi tish emalining 
kariyesga beriluvchanlik darajasini yanada oshirib yuborar ekan. 
Ftoming suvdagi miqdorini 0,8—1,2 mg/1 bo‘lishi optimal(maqbul) 
holat deb aniqlangan. Biroq, ushbu holat bilan tish emalining 
kariyesga beriluvchanlik darajasini har doim ham pasaytirib turish 
mumkin emasligi ko'pgina tadqiqotlar yordamida aniqlangan.
Kariyes kasalligining tarqalishiga va uning intensivligini oshib 
borishida ichimlik suv tarkibidagi kalsiy, fosfor, mis, ruh va boshqa 
bir qator makro- va mikroelementlarining miqdori muhim rol 
o‘ynaydi. Lekin, ushbu elementlar mavjud bo‘la turib, faqat ftoming 
bo‘lmasligi kariyesni oshib borishiga sababchi bo'lishi mumkin. 
Madomiki, shunday ekan, ftorni kariyesga qarshi asosiy omil deb 
bilsak, ushbu omil ta ’sirini yanada chuqurlashtiruvchi qo‘shimcha 
omil — bu qolgan barcha mikroelementlar bolishi mumkin.
Biokimyo fanidan bizga m a’lumki, so‘lak bilan emal orasida 
beto‘xtov ravishda o'zaro ionli almashinuv jarayoni kechadi. Ushbu 
m uhim jarayon ayniqsa, bolaning tishi yorib chiqqan vaqtda jadal 
tus oladi va aynan shu davrda tish emali to ‘liq voyaga etib olishi 
m um kin. Ushbu m a’nodan kelib chiqqan holda, biz, og‘iz 
bo‘shlig‘idagi so‘lakni emalning to‘liq minerallashib olishida qanchalik 
muhim rol o‘ynashini bilib olishimiz mumkin bo‘ladi. Shuning uchun 
ham bolalar og‘iz b o ‘shligi gigiyensini ratsional tarzda olib borish 
maqsadida tish pastalari va eliksirlari tarkibida ftor, fosfor, kalsiy 
kabi mikroelementlami bo'lishi maqsadga muvofiq deb topilgan.
Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik ta’lim-tarbiya ishlarini 
to ‘g‘ri shakllantirish va sog‘lom stomatologik turmush tarzini yulga 
qo'yish bilangina kariyes va uning asoratlariga barham beriladi.


Ushbu gigiyenik ishlami to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida qo‘lga 
kiritilayotgan ijobiy natijalarga qaramasdan, ayrim masalalar hamon 
muammoligicha qolib kelmoqda. Ularni shartli ravishda qo'yidagi 
to ‘rtta guruhga bo‘lib o‘rganishimiz mumkin:
1. Davolash — profilaktika uchun qo'llaniladigan tish yuvish 
vositalarining bolalar tom onidan to ‘g‘ri qo‘llanilishini tibbiyot 
xodimlari, ota-onalar va ta ’lim-tarbiya muassasalari xodimlari 
tomonidan yaxshi nazorat qilinmasligi.
2. Pediatr va bolalar stomatologlari hamda ularga biriktirilgan 
o‘rta tibbiyot xodimlaridagi gigiyenik ta’lim-tarbiyaga oid bilimlaming 
yetishmasligi.
3. Har bir gigiyenik vositaning aynan qanday holatlarda qo‘llash 
(ко‘rsatmalar) zarurligi, ulardan qancha vaqt mobaynida foydalanish 
mumkinligi to ‘g‘risidagi elementar m a’lumotlami bilmasligimiz.
4. Sog‘lom stomatologik turmush tarzi va to‘g‘ri ratsional gigiyenik 
qoidalar haqidagi muhim m a’lumotlami shakllangan bolalar guruhi 
orasida targ‘ib qilishni sust darajada (faqat rasmiyatchilik va hisobot 
uchun) olib borilishi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling