milkning tish ildiziga yaqin turgan shilliq qavatda paydo bo‘lib, xalq
tilida «pilla» yoki «flyus» deb ataladi.
Ko‘pinchajag‘ suyagi atrofidagi shishlartez kattalashib, og'riq
zo‘rayib ketadi, tish qimirlab qoladi, tana harorati 38—39°C gacha
ko'tarilib borishi kuzatiladi. Ba’zan suyak pardasi ostida hosil bo‘lgan
yiring milk orqali oqmali yarn paydo qilib, og‘iz ichiga yoki
tashqariga
chiqadi. Bu vaqtda yallig'lanish jarayoni kamayadi, lekin batamom
tugamaydi va keyinchalik yana qaytalanishi mumkin.
Bola
organizmi holsizlanib, qarshilik ko'rsatish qobiliyati
kamayganda periostitli yallig‘lanish yuz-jag'
sohasidagi yumshoq
to'qim alar klechatkasiga (ko‘proq yog‘ to'qimasi mavjud sohalar)
ham tarqaladi va abssess yoki flegmonani paydo qiladi.
Abssessyoki
flegmonada teri yoki shilliq pardalar shishib og'riydi, zo‘riqadi va
qizaradi. Bemoming harorati ko'tariladi, titrab qaqshaydi, darmoni
quriydi, boshi og‘riydi va bo‘shashadi (holsizlanadi). Yallig‘lanish
jarayoni yosh bolalarda shiddat bilan kechadi va organizmning
intoksikatsiya darajasi soatma-soat ortib boradi.
Abssess yoki flegmona chaynov muskullariga yoyilganda bolalar
og‘zini ochishga,
chaynashga qiynaladi, agar jarayon halqum oldi
bo‘shlig‘ida bo‘lsa,
yutinish, nafas olish va so‘zlash ancha og‘ir
kechadi.
Pediatrlar va bolalar stomatologlari shuni unutmasliklari
zarurki, yiringli kasalliklar (periostit, abssess,
flegmona, furunkul,
karbunkul, frunkulyoz, osteomiyelit va h.k.) jag‘-yuz
soxasida
joylashgan bo‘lsa,
infeksiya miya tomirlariga tarqalishi va miya
Do'stlaringiz bilan baham: