S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


pardalarini yallig‘lantirishi mumkin


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

pardalarini yallig‘lantirishi mumkin. Shuning uchun yuz-jag‘ 
sohasida joylashgan har qanday yiringli kasalliklarda bemor zudlik 
bilan jarroh-stomatologga murojaat qilishi zarur.
Tish kasalliklari asoratlaridan yana biri osteomiyelitdir. Bu 
kasallikdajag1 suyaklari chiriy boshlaydi. Uning o‘tkir va surunkali 
turlari mavjud.
0 ‘tkir osteomiyelit ko‘pincha 5—10 yoshli bolalarda uchraydi 
(ko'pincha pastki jag‘da), bunda tana harorati nihoyatda ko'tarilib 
(39—40°) ketadi, bem or titrab qaqshaydi. Uning qoni va siydigida 
o ‘tkir yiringli kasalliklarga hos o ‘zgarishlar kuzatiladi. Jag'lar 
atrofi.dagi yumshoq to ‘qim alar shishib abssess yoki flegmona


rivojlanadi va qattiq og‘riydi. Kasallik ayniqsa, bolalarda og‘ir kechadi. 
U larning esi «kirdi-chiqdi» b o ‘lib turgan paytda birdaniga 
shaytonlashlari ham mumkin, yoki bo‘lmasa alahsiraydilar. Faqat 
kasal tishlaming atrofidagi alveolyar suyak to ‘qimasi chirib qolmay, 
bu jarayon yonidagi sog‘lom tishlarga ham o ‘tadi va shu tariqa ular 
ham qimirlab qoladi, hattoki barmoqlar bilan sug‘urib olish mumkin 
bo‘ladi.
O steom iyelit jaray o n i sut yoki doim iy tish la r kurtak 
(m u rtak )larin i «eritib» yuborishi, ja g ‘ suyaklaridagi o ‘sish 
jarayonlarini to ‘xtatib qo‘yishi mumkin va buning oqibatida yuz va 
jag‘ning shaklan buzilishi — deformatsiyasi yuzaga keladi.
Surunkali osteom iyelitda bem orning ahvoli birm uncha 
yengillashib, yaradan yiring oqib turadi. Rentgen tasvirida jag‘lardagi 
ko‘plab mayda-mayda sekvestrlami ko‘rishimiz mumkin. Ularni 
jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi (sekvestrektomiya).
Tishlarning nokariyes kasalliklari
Bunday kasalliklar ko‘p bo‘lib, ular tug‘ma yoki orttirilgan 
bo‘lishi mumkin. Tug‘ma kasalliklarga tish shaklining noto‘g‘ri 
shakllanishi, emal rangining o ‘zgarishi, struktura(mineralizatsiya 
darajasi)sining buzilishi, son jihatdan ortiqcha tishlar, ularning kam- 
ligi (adentiya) va bir qancha kam uchraydigan kasalliklar kiradi 
(10- rasm).
10- rasm. Tishlar demineralizatsiyasi. 
41


Hayotda orttirilgan tish kasalliklariga turli sabablarga ko‘m olingan 
jarohatlar natijasida ularning qimirlab qolishi, to ‘la yoki qisman 
chiqishi (sug‘urilib qolishi), koronka yoki ildiz qismining sinishi 
yoki kimyoviy t a ’sirotlar bilan shikastlanishi, siyqalanishi, 
ponasimon nuqsonlar, flyuoroz va tish toshi kiradi.
Tishlarning surunkali shikastlanishiga bolalar o ‘rtasidagi zararli 
odatlar sabab b o ‘ladi. M asalan, qalam yoki ruchkani tishlab 
yuradigan bolalar tishini kesuvchi qirrasida nuqson paydo bo‘ladi, 
bunday tishlar xunuk ko‘rinishidan tashqari, o ‘tkir qirralari shilliq 
qavatni jarohatlashi mumkin.
Tish to'qimalari, xususan emal turli mexanik ta ’sirotlarga juda 
chidamli bolishiga qaramay, butun umr davomida ovqatni uzish va 
chaynash natijasida siyqalana boradi. Bunday siyqalanish ayniqsa sut 
tishlarida (5—6 yoshda) juda seziladi. Bunga ko‘pincha noto‘g‘ri tishlov 
(okklyuziya) holati yoki tish to ‘qimasining morfologik kamchiligi 
va boshqalar sabab bo‘ladi. Siyqalanish ko‘paygan sari emal dentin 
oralig‘ida asab tolalari ham ochilaveradi, tishning ta’sirchanligi ortib, 
tez-tez qam ashadigan b o ‘lib qoladi, ovqatni tishlaganda va 
chaynaganda, shirinliklar, nordon taomlar eganda, issiq yoki sovuq 
tekkanda, tishni cho‘tka bilan tozalaganda og‘riy boshlaydi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling