S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Kariyes jarayonining yuzaga kelishiga hom ilador onaning 
noto‘g‘ri ovqatlanishi va har turli kasalliklarga moyil bo‘lishi sabab 
bo‘ladi, chunki tish kurtaklari hom iladorlik davrining 5—6 
haftasidanoq paydo bo‘la boshlaydi, salbiy omillar esa shakllanayotgan 
tish emalining kariyesga bo‘lgan rezistentlik darajasini pasaytirib 
yuboradi.
Yoshligida ko‘proq kasalliklami boshidan kechirgan bolalarda 
ham kariyes ko‘proq uchrashi ma’lum. Balog‘atga etish davrida tishlar 
kariyesi keskin ortadi. Ayollar ko‘pincha homiladorlik davrida birdaniga 
bir nechta tish kariyesi bilan shikastlanadilar, chunki bu davrda 
ayol organizmida homila skeletini tiklash uchun kalsiy, fosfor tuzlariga 
v;i 
boshqa mikroelementlarga bo'lgan faoliyatining o‘zgarishi, modda 
almashinuvining buzilishi sabab bo‘ladi.
Kariyes tishning tabiiy o‘yiqlarida (ftssura), qo‘shni tishga tegib 
luruvchi yuzasida (proksimal), ovqat qoldiqlari ushlanib qoladigan 
va so‘lak bilan yaxshi yuvilmaydigan yuzalarida rivojlanadi. Tish toj 
qismining chaynov yuzasida esa, kariyes aksariyat hollarda ko‘p 
iichraydi (7- rasm).


7- rasm. Tish chaynov yuzasi kariyesi.
Kariyesning boshlang‘ich davrida tish yuzasida mayda oq dog‘ 
(ba’zida qoramtir) paydo bo‘ladi. Keyinchalik mazkur emal yumshab 
qoladi. K am quw at bolalar va hom ilador ayollarda em alning 
yumshashi keskin tus oladi. Bu holatni bemoming o‘zi hech qachon 
sezmaydi, buni vrach-stomatolog faqatgina maxsus usullar bilan 
aniqlashi va ko‘rishi mumkin.
Yumshagan (deminerallashgan) emal asta-sekin yemirilib, 
kichkina kavak hosil bo‘ladi, buni yuza kariyes deb ataladi. Jarayon 
tishning emal qavatidan dentinning ustki qatlamlariga o‘tgan taqdirda 
o ‘rta kariyes va nihoyat, tish yemirilishi pulpaga etay deb qolganda, 
chuqur kariyes deb ataladi (8- rasm).


Yuza kariyesda tish nordon va shirinlik ta ’sirida og‘riydi. Tish 
doim og'rib turmaydi, ya’ni ta ’sirlovchi sabab bartaraf etilganda 
to ‘xtaydi. Ba’zan yuza kariyes bilan og‘rigan tish kishini bezovta 
qilmasligi ham mumkin. Agar shunday tish o‘z vaqtida davolatilmasa, 
kariyes jarayoni dentinga o ‘ta boshlaydi. Bunda tish nordon va 
shirinliklardan tashqari, issiq va sovuq ta’sirida ham og‘riy boshlaydi.
Undan so‘ng chuqur kariyes jarayoni boshlanib, tish kavagiga 
har qanday ovqat tushganda ham tishda og‘riq paydo b o ‘laveradi. 
Lekin kavakdagi ovqat qoldig‘ini olib tashlanishi bilan og‘riq tezda 
to ‘xtaydi. Shu sababli bolalar (kattalar ham) jag‘ning kariyesga 
chalingan tish joylashgan tarafi bilan emas, balki sog‘ tom oni bilan 
ovqat chaynashga harakat qila boshlaydilar. Bu holat, bora-bora 
jag‘ning noto‘g‘ri (qiyshiq) o ‘sishiga olib keladi, natijada esa tish- 
jag‘-yuz anomaliya va deformatsiyalari yuzaga kela boshlaydi.
Bolalaming sut va doimiy tishlarida kariyes kasalligi kattalarga 
nisbatan tez kechadi, 0,5—1,0 yil ichida tish yemirilib ulguradi
asorat esa jadal sur’atlar bilan yuzaga kelishi mumkin. Ba’zan kariyes 
jarayoni sifatli ishlangan plomba ostida ham davom etadi. Bunday 
bolalaming tishi qamroq minerallashganligidan va mikroorganizmlar 
ta ’siriga chidam sizligidan dalolat berib turibdi. Tish kavagi 
mikroorganizmlar o ‘chog‘i hisoblanadi (8-rasmga qarang).
Ushbu mikroblar va chirigan ovqat qoldiqlari kavak devorining 
yanada tezroq chirishini ta ’minlaydi va kavak yanada kattalashadi. 
Chirish (kariyes) jarayoni tishning yanada ichkari qatlamlariga
ya’ni pulpaga o ‘tadi, natijada tish pulpa to'qim asi yallig‘lanadi
— pulpit yuzaga keladi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling