S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Ruhiy holatni barqarorlashtiruvchi muolajalar


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Ruhiy holatni barqarorlashtiruvchi muolajalar
Bolalarda kuchli asab — hayajon holati ko‘pincha og‘- 
riqsizlantiruvchi vositaning ta ’sir kuchidan qat’i nazar m o‘ljallangan 
maqsadni va ruhiy barqarorlikni ta’minlashga anchagina halaqit beradi. 
Bunga sabab shuki, bolada shifokor xonasida paydo bo‘lgan qo‘rquv 
hissi natijasida bosh miya po‘stloq qavatida joylashgan (jumladan, 
emotsiya) markazlar kuchli qo‘zg‘aladi. Bu qo‘zg‘alishlar natijasida 
og‘riqsizlantirish vositalarining ta’siri ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. 
Shulami nazarda tutgan holda, har qanday muolaja (ayniqsa, og‘riq 
bilan kechadigan) oldidan bolalaming ruhiy barqarorligiga erishish 
juda muhim ahamiyatga egadir.
Kuchli asab qo‘zg‘alishi holatiga qarab, ayniqsa, maktab yoki 
bog‘cha yoshidagi bolalarni uch guruhga ajratish mumkin.

guruh — bunday bolalarda asab qo‘zg‘alishi jarayoni kuch-li 
namoyon bo‘ladi. Ular o‘ta faol (aktiv), agressiv va janjalkashliklari


bilan ajralib turishadi. Torm ozlanish jarayoni ularda kuchsiz 
namoyon bo‘ladi.
II guruh — bunday bolalarda tormozlanish jarayoni kuchliroq 
b o iib , ular b o ‘shang, qo‘rqoqlik hissiyotiga berilgan, bolalarga 
kamroq qo‘shiladigan bo'ladi. Bunday bolalar ko‘proq o ‘rtoqlaridan 
ozor chekishadi.
I I I guruh — u lar ru h an m uqim sizligi, q o ‘zg‘alish va 
tormozlanish jarayonlarining muvofiqlashmaganligi bilan ajralib 
turishadi. Ularda qo‘rqish hissiyoti sezilib turadi, horg‘inlik tezda 
namoyon bo‘lib, fikmi bir nuqtaga jamlay olish qobiliyati sust bo‘ladi 
Shifoxonada bolalaming o ‘zini tuta bilish qobiliyatiga qarab, ularda 
sodir bo‘ladigan yengil, kuchli va o ‘ta kuchli namoyon bo‘ladigan 
qo‘rquv hissiyotlarini kuzatish mumkin.
Yengil qo‘rqish hissiyotini namoyon qiluvchi bolalar, odatda 
turli bahonalar («Tishim endi og‘rimayapti», «Yaxshisi ertaga 
kelam an», «H ozir o ‘zim ni yom on his qilayapm an») bilan 
davolanishdan bosh tortmoqchi bo‘lishadi. Ular atrofga qo'rquv va 
shubha bilan qarashadi. Shifokordan uning har bir hatti-harakatini 
tushuntirib berishni so‘rashadi.
Kuchli qo‘rquv hissiyotiga ega bo‘lgan bolalar davolanishdan 
qat’iy bosh tortishadi, davolanish o‘rindig‘iga o ‘tirishmaydi, yig‘loqi 
bolishadi. Ba’zan ular agressiv(tajavuzkor) holatlarni namoyon 
qilishadi. Bunday hollarda ular shifokorga tashlanib uni itarishadi, 
teskari o ‘tirib olishadi, unga hamla qilishadi (ba’zan tishlab olishlari 
ham mumkin). Bu hatti-harakatlar oqibatida ulaming yurak urishi, 
nafas olishi tezlashadi, ko‘z qorachig‘i torayadi, kuchli ter quyiladi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling