S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

5- rasm. Tishning vertikal kesimi sxemasi.
A — toj (koronka) qismi. В — ildiz qismi.
1 — fiziologik milk cho‘ntakchasi; 2 — milk epiteliysi; 3,4milkning 
qo ‘shuvchi (biriktiruvchi) to ‘qimasi; 5 — peresiment (periodont);
6 — suyak kanalchalari; 7 — pulpa; 8 — al ’veola suyagi; 9 — periodontal 
tomirlar; 10 — nerf tutami; 11 — anveolyar arteriya; 12 — alveolyar vena; 
13mandibulyar kanal; 14 — ildiz uchi tirqishi; 15 — periodontal 
to ‘qima; 16 — ildiz dentini; 17 — tish b o ‘g ‘ini; 18 — koronka dentini;
19 — emal; 20 — sement.
Tishlar qattiq va yum shoq to ‘qim alardan tashkil topgan. 
Tishning qattiq to'qim asi em al, dentin, sem ent qavatlaridan 
iborat.


Emal tish toj qismining eng sirtqi qobig'i hisoblanadi. Doimiy 
tish sut tishlariga nisbatan ko‘proq minerallashgan. Emal tishning 
ichki to ‘qimalarini har xil tashqi ta ’sirlardan saqlab turadi. Tish 
emalining qattiqligi hattoki olmosga yoki po‘latga teng bo‘lishligi 
aniqlangan. Mazkur to ‘qima inson organizmidagi eng qattiq element 
hisoblanadi.
Dentin tish qattiq qismining asosini tashkil qilib, qattiqligi 
jihatidan suyakka tengdir. Dentinda noorganik moddalar 72 %ni 
tashkil qiladi, shuning uchun ham emalga nisbatan bo‘shroq bo‘ladi. 
U tishning toj qismida emal, ildiz qismida esa sement qobig‘i tagida 
turadi. Sement tishning ildiz qismidagi dentin qobig‘i ustini qoplab 
turadi. U ham qattiqligi jihatidan suyakka yaqin to ‘qimadir.
Tish toj va ildiz qismlari ichida tish b o ‘shligi va uning davomi 
hisoblangan ildiz kanallari bor. Ildiz kanallarining uchi jag‘lardagi 
suyak katakchalari tubiga ochiladi. Tish bo‘shlig‘i va kanalchalarida 
tishni oziqlantiruvchi qon tomirlar, nerv tolalari va qo‘shuvchi to‘qima 
va boshqa to ‘qimalar joylashgan bo‘lib, ularni umumiy holda tish 

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling