S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jag‘ osti so‘lak bezi
- Til osti soMak bezi
So‘lak bezlari. Og‘iz bo‘shlig‘iga mayda va yirik so‘lak bezlari o‘z
sekret — mahsulotini quyadi. Mayda bezlar til, lab, lunj va tanglay shilliq qavati ostida joylashadi. Yirik so'lak bezlari uch juft bo‘lib, kattaligi bilan ajralib turadi. Bularga quloq oldi va til osti va pastki jag‘ osti bezlari kiradi. Ulaming so‘lak ajratish yo‘llari og‘izning m a’lum yerlariga ochiladi. Quloq oldi so‘lak bezi yassi shaklga ega bo‘lib, yuzning yon yuzasida quloq suprasidan oldinda va biroz pastda, chaynov muskuli ustida joylashgan, og‘irligi 25—30 grammga teng. Mazkur so‘lak bezining naychasi chaynov muskuli oldidan o ‘tadi, so‘ngra lunj muskullarini teshib o ‘tib, lunj shilliq qavatida, yuqori jag'dagi ikkinchi oziq (molyar) tish vestibulyar (dahliz) yuzasi ro‘parasida og‘izbo‘shlig‘iga ochiladi. Quloq oldi so‘lakbezi oqsilli, suyuq, amilaza fermentiga boy bo‘lgan so‘lak ishlab chiqaradi. Jag‘ osti so‘lak bezi kattaligi jihatidan quloq oldi bezidan keyin turib, og‘irligi 15 gramm keladi. Bu bez og‘iz bo‘shlig‘ining tubida, pastki jag‘ tanasining ichki qismiga yondoshib, parda (qobiq) bilan o ‘ralgan. Bezning so'lak ajratuvchi nayi til ostiga ochiladi. Undan aralash, ya’ni mutsin, oqsilga boy yopishqoq so'lak ajraladi. Til osti soMak bezi eng kichigi hisoblanib, og'irligi 5 gramm keladi. U jag‘ — til osti muskulining ustida joylashgan bo‘lib, faqat shilliq parda bilan qoplanib turadi. Bu bez mutsinga boy, yopishqoq so'lak ajratadi. Ajralgan so‘lak nay orqali alohida yoki jag‘ osti so‘lak bezining nayi bilan qo'shilib til ostiga ochiladi. Chaqaloqlarda quloq oldi bezi o'rtacha 1,8 gramm, jag‘ osti bezi 0,84 gramm, til osti bezi 0,4 gramm og‘irlikka ega va bola ikki yoshga borganda bu bezlarning og‘irligi tug‘ilgandagiga nisbatan 5 marta ortadi. Soiak tarkibida 98—99% suv va 1% erigan organik va mineral moddalar, ferm entlar va vitam inlar bor. So‘lak bezlari sutkasiga 1,5—2 litr so‘lak ishlab chiqaradi. So‘lak tarkibidagi leysin, lizosim, lipaza kabi moddalar oiganizm uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qabatini yuvib turadi, bakteriyalardan himoya qiladi. So‘lak tufayli ovqatning mazasi va ta’mi bilinadi, ovqat luqmasi so‘lak tarkibidagi mutsin tufayli silliq bo‘ladi va qizilo‘ngachdan oshqozonga osongina o‘tib, hazm bo‘la boshlaydi. B undan tashqari, so ‘lak m e ’da shirasi ajralishini ham kuchaytiradi. So‘lak ovqat hazm qilishda qatnashish bilan birga, tish emal qatlamiga kalsiy, fosfor va boshqa mineral tuzlam i yetkazib boruvchi asosiy bufer manba hisoblanadi. So‘lak tarkibining o ‘zgarishi tish to'qimalarining yemirilishi (kariyes)da, tishlarga chirk, karash va tosh yig‘ilishida, parodontit kasalligining rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanishi amaliyotda isbotlangan. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining himoya qilish qobiliyatini kuchli bo‘lishi uning regenerativlik suratiga bog‘liqdir. Undan tashqari, so‘lak ajralishi, uning immunogen biokimyoviy xususiyati, shilliq parda ostidagi kapillyarlar va nerv tolalarining ko‘pligi uchun og‘iz ichidagi turU mikroblar ko‘p bo‘lishiga qaramay, undagi kasalliklar ko‘pincha tez va yengil o‘tadi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling