S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda bilan qoplangan. Jag‘larining
alveolyar o ‘sig‘ini qoplab turgan qismidagi shilliq parda milk deb ataladi. Mazkur parda jag‘ suyagi ustki pardasi — periost bilan zich qo‘shilib ketadi, shuning uchun ham milk harakatchan emas. Tishlar orasida milk tishlararo so‘rg‘ichlarni hosil qiladi. Yuqori va pastki lablarning harakatchan shilliq pardasi markaziy kurak tishlar ro‘parasida biroz qalinlashgan holda milk tomonga burma hosil qilgan tarzda birikadi — bu hosilalami yuganchalar deyiladi. Og‘iz shilliq qavatida mayda shilliq va so‘lak bezlari juda ko‘p b o ‘Ub, ular og‘iz b o ‘shlig‘ini doimo yuvib, namlab turadi. Shilliq qavat og‘riq va haroratni teri to ‘qimasiga nisbatan yaxshi sezmaydi. Yosh ulg‘aygan sari og‘iz shilliq qavati issiqlik ta’siriga yanada chidamli b oiib boradi. Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat ta’mini sezadigan nerv oxirlari bor. Bundan tashqari, shilliq qavatda og‘iz b o ‘shlig‘i bilan oiganizmning ichki organ va sistemalarining o‘zaro aloqasini ta’minlab turuvchi ko‘pgina reseptorlar joylashgan. Shilliq qavatning sathi tekis, burmali, botiq va so‘rg‘ichsimon b o ‘ladi. U ning qalinligi katta yoshdagi odam larda 0,3 mm dan 0,4 mm gacha bo‘lib, yuza qismi epiteliy bilan qoplangan. Shilliq qavatning yuzasiga doimo leykositlar ajralib, fagositoz vazifasini o‘taydi va organizmni himoya qilish qobiliyatini ta ’minlaydi. Bir daqiqada ajralib chiquvchi leykositlar soni 200 000 gacha yetadi. Og‘iz shilliq qavati hujayralari yuqori harorat, mexanik va kimyoviy ta’sirotlar natijasida o ‘z shaklini tez-tez o ‘zgartirib, yangi epiteliy qavati bilan almashinib turadi. Til muskullardan tashkil topgan bo'lib, uni qoplab tuaivchi shilliq pardada ta ’mni sezadigan maxsus nerv oxirlari bor. Tilning ildizi, tana va uch qismlari tafovut qilinadi. Tilning pastki yuzasidagi shilliq qavat ustki yuzasidagiga nisbatan nozikroq va silliqroq bo‘ladi. Tilning ostida maxsus burma mavjud bulib, u tilosti yuganchasi deb ataladi. Tilning ustki yuzasi har hil turdagi va kattalikdagi so‘rg‘ichlarga boy bo‘lib, asosan ta ’m bilish uchun xizmat qiladi. Til muskullarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga tilni harakatlantiruvchi muskullar deyilib, ularning bir uchi skeletning m a’lum bir eridan boshlanadi va ikkinchi uchi tilda tugaydi. Ikkinchi guruh muskullar tilning xususiy muskullari bo‘lib, ular tilning shaklini o ‘zgartiradi, bu muskullarning boshlanish va birikish joyi tilning o ‘zida bo‘ladi. Til tufayli inson ovqat ta ’mini sezadi, ovqat luqmasini og‘izda aylantirib, qorishtirib, uni yutish uchun yutqinga haydab beradi, so‘zlash vaqtida talaffuz etish uchun xizmat qiladi, og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqat qoldiqlarini mexanik ravishda tozalaydi va burun bo‘shlig‘idan yutqinga tushayotgan balg‘amni beixtiyor og‘iz bo‘shlig‘iga tushib qolishiga to ‘sqinlik qilib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling