S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori jag‘ suyagi
- Gaymor bo‘shlig‘i
- Pastki jag‘ suyagi
Nerv sistemasi. Chaynov apparati faoliyati ovqatning sifati,
ta ’mi, hidi, qattiq — yumshoqligi, issiq — sovuqligini va boshqa tashqi ta ’sirotlarni ayrim nerv talalari orqali qabul qiladi. Bu nerv oxirlarining sezuvchi tolalari (reseptorlari) og‘iz b o ‘shlig‘i to ‘qimalarida, tishlarda, tilda, shilliq qavatda joylashgan. Bosh miyada joylashgan 12 juft nerv tomirlarining beshinchi (uch shoxli nerv), ettinchi (yuz nervi), to ‘qqizinchi (til-yutqin nervi) va o ‘n ikkinchi (til osti nervi) juftliklari og‘iz bo‘shlig‘i, yuz, chaynov apparati ishini boshqarib turadi. Chaynov apparatining qattiq to ‘qimalardan tashkil topgan a’zolariga yuz-jag‘ suyaklari va tishlar kiradi. Yuqori jag‘ suyagi kallaning yuz qism i suyaklari bilan tutashganligi tufayli ovqatni uzishda va chaynab maydalashda passiv, ya’ni harakat qilmaydigan a ’zodir. Yuqori jag‘ bir juft b o ‘lib, chap va o ‘ng bo‘lakcha, uning tanasi va to ‘rtta o‘sig‘i: peshona, alveolyar, tanglay va yonoq o ‘siqlari bor. Yuqori jag‘ suyaklari ko‘z kosasining pastki devorini, burun bo‘shlig‘ining yon devorini va qattiq tanglayni hosil qilishda qatnashadi. Suyakning ichida burun b o ‘shlig‘iga ochiladigan bo‘shliq bo‘lib (burun yondosh bo‘shliqlari) uni yuqori jag‘ bo‘shligi yoki muallif nomi bilan Gaymor bo‘shlig‘i deb ataladi. Ko‘pgina hollarda yuqorigi jag‘ tishlaming ildizlari mazkur bo‘shliqlar tubiga turtib kirgan bo‘ladi va tishlar ildizi uchidagi yiringli jarayonlar oqibatida bu bo‘shliq ham yallig‘lanishi mumkin. Ushbu genezdagi yallig'lanishni «Odontogen» gaymorit deyiladi. Pastki jag‘ suyagi bosh suyagidagi harakatchan suyaklarning eng kattasidir. U ikkita simmetrik bo‘lakdan tashkil topib, lining tishlar o ‘rnashgan gorizontal qismi — tanasi va ikkita vertikal ketgan shohi bor. Pastki jag‘ning shohi yuqorida ikkita o ‘siq bilan tugaydi: oldingi tojsimon o ‘sig‘i va orqa tomondagi bo‘g‘im o ‘sig‘i. Bo‘g‘im o ‘sig‘ining boshchalari chakka suyaklaridagi chuqurchalarga kirib turadi va chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imini hosil qiladi. Tish qatorlari jipsligi, ya’ni tishlov holatining buzilishi ko‘p hollarda mazkur bo‘g‘imning shikastlanishiga olib keladi. Pastki jag‘ chaynov muskullari yordamida harakat qiladi va ovqatni uzib olib, ezib, maydalab yutishga hamda uning yaxshi hazm bo‘lishiga katta yordam beradi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling