S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Chaynov muskullari kalla suyagidan boshlanadi va pastki jag‘ 
suyagining turli qismlariga birikadi. Chaynov muskullari to ‘rt juft: 
chakka muskuli, chaynov muskuli, lateral qanotsimon va medial 
qanotsimon muskullar. Barcha chaynov muskullarining vazifasi 
asosan pastki jag‘ni yuqori jag‘ suyagiga tortib yaqinlashtirish 
hisoblanadi.
Agar har ikki tomondagi lateral qanotsimon muskullar bir 
vaqtda qisqarsa, pastki jag‘ old tomonga siljiydi. Oldinga siljigan pastki 
jag‘ni chakka muskullarining orqa tolalari o ‘z joyiga qaytaradi. Agar 
qanotsimon muskullarning bir tomondagisi qisqarsa, pastki jag‘ 
yon tomonga siljiydi. Pastki jag‘ suyagining pastka tortilish harakati 
til osti suyagi bilan pastki jag‘ga birikkan muskullar hisobiga amalga 
oshadi.
Tishlar inson hayoti uchun kerak bo‘lgan eng zarur va butun 
umr xizmat qilishi kerak bo‘lgan a’zolardan biridir. Tishlar bir qancha 
hayotiy muhim vazifalami bajaradi. Inson tanasi tishlar tufayli tabiat 
ehsonlaridan to‘la bahramand bo‘ladi. Chunki tishlar yordamida oziq- 
ovqatlar tutib, uzib olinadi, chaynab maydalanadi hamda so‘lak va 
m e’da shirasi ajralishini tezlashtirib, ovqatning m e’dada hazm 
bo‘lishini osonlashtiradi. 
NAI^AN^'"’ ~'*AVLA^
2 — 33 
17 
UNIVf. Ч Л ET!
Ah bo rot- Гг- 

’ . ; z I j


Chaynash — ovqat hazm qilishning boshlang‘ich mexanik 
bosqichi bo‘lib, tishlar yordamida ovqatni maydalab, so‘lak bilan 
aralashtirishdan iboratdir. Ana shundan so‘ng so'lak tarkibidagi 
fermentlar ta’sirida og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatni hazm qilish boshlanadi. 
Ovqatni to ‘la chaynash oshqozonda uning yengil hazm bo‘lishiga 
y o rd am b erad i. P astk i ja g ‘ ch aynov h a ra k a tla ri ch aynov 
muskullarining qisqarishi natijasida va lab, lunj, til muskullari 
ishtirokida amalga oshadi. Oldingi tishlar bilan ovqat uzib olinadi, 
so'ngra u til yordamida katta va kichik oziq tishlarning chaynov 
yuzalariga uzatiladi. Bu paytda lunj muskullari tishlaiga yaqinlashishga 
harakat qilishi tufayli ovqat luqmasi tishlar yuzasida qolib mexanik 
ezilib-chaynalishga majbur b o ‘ladi. So‘lakka qorishib shilimshiq 
bo‘lgan ovqat massasi tilning ustki yuzasiga uzatiladi va chaynash 
bir oz to ‘xtab(pauza), yutish refleksi vujudga keladi va ovqat luqmasi 
yutqin orqali qizilo‘ngachga, so‘ngra oshqozonga o‘tib boradi.
Agar ovqat yaxshi chaynalmasa yoki so'lak bilan yetarli 
namlanmasa, m e’dada uzoqroq turib qoladi, yaxshi hazm bo‘lmaydi, 
binobarin, bola yaxshi o'smaydi, rivojlanmaydi. Qolaversa, bunday 
bola me’da va ichaklar yallig'lanishi yoki yam kasalligiga duchor bo‘lishi 
mumkin.
Ovqatni chaynash, ayniqsa, bolalar va o ‘simrlar jag‘ suyak- 
larining normal o ‘sishida, tishlarning o ‘z vaqtida yorib chiqishida va 
ulam ing fiziologik siyqalanishida, jag‘-yuz muskullarining uyg‘un 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Biror tish kemtik bo‘lib qolsa 
yoki tushib ketsa, yo bo‘lmasa noto‘g‘ri joylashgan bo‘lsa, boshqa 
tishlarga ham ta ’sir qiladi, boshqa tishlar tushib ketgan tish o ‘miga 
og‘ib, qiyshayib o‘sadi. Oqibatda bolaning jag‘-yuz tuzilishida o‘zgarish 
paydo bo‘ladi, tish-jag‘ apparati fimksiyasi buziladi, uning ish 
qobiliyati pasayadi.
Bu o ‘z navbatida organizmdagi fiziologik taraqqiyotning 
buzilishiga olib keladi. Sog‘lom tishlar ovqatni chaynash bilan birga 
so‘lak ajralishiga, oshqozon faoliyatiga va undan shira ajralib chiqishiga 
ijobiy ta ’sir qilib, moddalar almashinuvi oshadi. Tishlar jag‘laming 
tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun ular kasallanganda yoki tushib 
ketganda tish-jag‘ apparatining faoliyati qiyinlashadi. Natijada 
insonning butun organizmida turli kasalliklar rivojlanadi (4- rasm).



Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling