S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
pulpasi deb ataladi. M azkur pulpaning yallig‘lanishi pulpit
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
pulpasi deb ataladi. M azkur pulpaning yallig‘lanishi pulpit deb
nomlanadi. Tish ildizining tashqi qobigi hisoblangan sement jag‘ suyagi bilan maxsus bog‘lamlar bilan chegaralangan. Mazkur bog‘lamli to‘qimalarperiodont deb ataladi. Periodont to‘qimasidagi yallig‘lanish jarayoni periodontit deb nomlanadi. Periodont fibroz to‘qimadan iborat bo‘lib, qalinligi 0,15—0,25 mm. ga teng, u tishlami katakchalarda — alveolada ushlab turish bilan birga, ovqatni kesib olish va chaynash vaqtida tishlarga tushadigan kuchlibosim nijag1 suyagiga yengillashtirib, kuchsizroq, jag‘ suyagi uchun bezarar qilib beradi (ya’ni ammortizator vazifasini bajaradi). T ish lar b ajarad ig an vazifalariga qarab kesuvchilar va chaynovchilarga bo‘linadi. Oldingi tishlar kesuvchilar yoki frontal tishlar, yon tishlar (jag‘ tishlar) esa chaynovchilar deyiladi. Yuzning o‘rtasidan vertikal yo‘nalishda tushirilgan markaziy chiziqqa nisbatan har bir jag‘dagi 6 ta kesuvchi tishning uchtasi o ‘ngda, yana uchtasi esa chap tom onda joylashgan. Ulardan keyingi qatorda joylashgan tishlar qoziq tishlar deyiladi. Yuqori va pastki jag‘dagi qoziq tishlardan keyin joylashgan barcha tishlar chaynov tishlariga. kiradi. Tishlar koronka (toj) qismining bajaradigan vazifasiga qarab har xil bo‘ladi. Masalan, kesuvchi tishlar koronkasining shakli yassi, iskanasimon yoki kuraksimon, qoziq tishlarniki — o ‘tkir qirrali tig‘simon, jag‘ (chaynov) tishlarniki esa semiz ya’ni qabariq bochkasimon bo‘ladi. H ar bir jag‘dagi va har qaysi tomondagi tishlarning koronkasi o ‘ziga xos, bir-biridan farq qiladigan maxsus belgilari bor. H ar bir tishning bir necha sathi, yuzasi bo‘ladi. Oldingi tishlarda kesuv, lab, tanglay yoki til yuzalari, oziq tishlarda — chaynov, lunj, tanglay yoki til yuzalari bo‘ladi. Sut tishlarda tepa jag‘dagi kesuvchi va qoziq tishlarda bittadan, chaynov (molyar) tishlarda esa uchtadan ildizlar mavjud. Pastki jag‘dagi kesuvchi va qoziq tishlarda ham bittadan ildiz bo‘lib, chaynov tishlarda esa ikkitadan ildiz bo‘ladi. Doimiy tishlarda Lepajag‘dagi kesuvchi va oziq tishlarning bittadan ildizi, birinchi kichik oziq tish(premolyar)laming ikkitadan, ikkin- chisida bittadan, katta oziq tishlarda uchtadan ildizlar bo‘ladi. Pastki kesuvchi, qoziq va kichik oziq tishlarining ildizlari bittadan, katta oziq tishlarining esa ikkitadan ildizlari bor. Tishlar har bir jag‘da m a’lum tartib biian joylashib, tish qatorlarini hosil qiladi. Tish qatorlari yosh bolalarda yarim yoysimon, kattalarda (doimiy tishlov (prikus) davrida) tepa jag'da ellipssimon, pastki jag‘da parabolasimon shaklga ega boMadi. Tepa va pastki tish qatorlarining maksimal jipslashgan holatdagi bir-biriga b o ‘lgan munosabati tishlov holati, ya’ni okklyuziya holati deb ataladi. O datda okklyuziyalar inson yoshiga qarab u ch xil: sut (vaqtinchalik), almashinuv davri va doimiy okklyuziyalar davriga cga. Sut tishlov davri 2,5 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi, sut tishlari doimiy tishlarga almashina boshlanishi bilan almashinuv okklyuziya davri deb ataladi va bu davr 10—12 yoshgacha, ya’ni doimiy tishlar sut tishlar o ‘rnini to ‘liq egallab b o ‘lguniga qadar davom etadi, shundan so‘ng doimiy tishlov davri boshlanadi va bu davr inson umrining oxirigacha yoki uning hayoti davomida doimiy tishlarning tushib ketguniga qadar davom etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling