S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


BOLALAR O G ‘IZ B O ‘SHLIGI XASTALIKLARINI


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

BOLALAR O G ‘IZ B O ‘SHLIGI XASTALIKLARINI 
DAVOLASHDA Q O ‘LLANADIGAN 
O G ‘RIQ SIZLANTIRISH USULLARI
Bolalarda tish va og‘iz bo‘shligi shilliq pardasining xastaliklarini 
davolashda og‘riqsizlantiruvchi vositalami to‘g‘ri, o‘z o‘mida qo‘llash 
muhim ahamiyatga egadir.
Og‘riqsizlantirish usullarining bir necha xili mavjud bo‘lib, 
ulardan asosiylari quyidagilardir:
1) ignasiz (noin’eksion) terminal anesteziya;
2) igna va shprits yordamida (in’eksion) amalga oshiriladigan 
og‘riq sizlantirish;
3) ignasiz maxsus asboblar yordamida katta bosim ostida dori 
moddalarini purkash yo‘li bilan amalga oshiriladigan og‘riqsizlantirish;
4) bolalaming ruhiy holatini barqarorlashtirish yo‘li bilan 
amalga oshiriladigan mahalliy og‘riqsizlantirish.
Terminal anesteziya
Bolalarda ulaming ruhiy holatiga salbiy ta ’sir ko‘rsatmaslik 
uchun og‘riqsizlantirishning bu usulidan foydalanish juda katta 
qulaylik tug'diradi. Bu usul asosan og‘riqsizlantirish lozim b o ‘lgan 
sohaga og‘riqsizlantiruvchi vositani chaplash yoki surtish, 
og‘riqsizlantiruvchi namlangan salfetkalarni biroz tutib turish kabi 
yo'llar bilan amalga oshiriladi. Shuni nazarda tutmoqlik lozimki, 
bunday usul yordam ida to ‘qim aning faqat yuza qavatlarigina 
og‘riqsizlantiriladi.
Bunday usuldan tish qattiq to'qim alarining yuza, o 'rta va 
chuqur kariyesida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalarining xastaliklarida 
(stom atitlarda) davolash ishlarini am alga oshirishdan oldin 
foydalanish bir m uncha ijobiy natyalar beradi.
Ignasiz amalga oshiriladigan terminal anesteziya uchun quyidagi 
og'riqsizlantiruvchi vositalardan foydalaniladi.
Dikain — kuchli og‘riqsizlantiruvchi vosita hisoblansa-da
novokainga nisbatan 10 marotaba kuchli zaharli ta’sirga ham egadir.


Shuni nazarda tutgan holda yosh bolalarda (10 yoshgacha) bu 
vositani ishlatib b o ‘lmaydi. 10 yoshdan katta bolalar uchun 
dikainning 1—2 ml miqdordagi 0,5 % li eritmasidan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling