S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘iz bo‘shligi
T IS H EM ALI
Yorib chiqqan tish, xoh u sut tishi bo‘lsin yoki doimiy bo‘lsin, uning emal organi anatomik jihatdan to‘liq shakllangan holda bo‘ladi. Kimyoviy jihatdan so‘lak tarkibining ta ’siri ostida em alning minerallashuvi davom etadi, ayniqsa, kalsiy va fosfat tuzlari hisobiga uning minerallanish darajasi ortib boradi. Emal, dentin va sement kabi tish qattiq to‘qimalaming asosiy stromasi appatitlar, ya’ni kalsiy fosfat tuzlari yig‘indisidan tashkil topgandir. Tish emalining asosiy mikroelementlari — natriy, magniy, xlor, kaliy, ftor va tem ir hisoblanadi. Kalsiy m iqdori 33—39 % ni, fosfor elemcntinikl esa 16—18 % ni tashkil etishi mumkin. Ftor elementi tishni kariyes kasalligiga chalinmasligida muhim, ya’ni asosiy rol o‘yinaydi. Mazkur element tish emalining eng tashqi yuzalarida ko‘p miqdorda uchraydi. Emalning 95 % ini neorganik m oddalar (minerallar) tashkil etsa, 5 % ini esa organik moddalar va bog‘langan suv tashkil etadi. Og‘iz bo‘shligi — hazm organlari tizimining boshlang‘ich qismi bo‘lib, oshqozonga tushib boruvchi ovqat luqmasi bu bo‘shliqda awal mexanik va kimyoviy ishlovdan o ‘tadi. Mexanik ishlovni asosiy omili tishlar hisoblansa, kimyoviy omil og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak hisobidan yuzaga keladi. Og‘iz bo‘shlig‘i tashqi muhit bilan og‘iz teshigi orqali bog‘lanadi. Og‘iz teshigini ochilib-yopilishi og‘iz atrofi muskullarining faoliyatiga bog‘liq. Lablaming qizil hoshiyasi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga o‘tadi. Og‘iz bo‘shlig‘i ikki qismdan: og‘iz dahlizi va xususiy og‘iz bo‘shlig‘idan iborat. Og‘iz dahlizi tashqaridan (atrofdan) lunjlar va lablar, ichkaridan tishlar va alveolyar o‘simtaning shilliq qabati bilan chegaralangan bo‘shliqdan iborat. Xususiy og‘iz b o ‘shlig‘i yon va oldingi tom ondan tishlar, alveolyar o ‘simtaning shilliq qabati (pastki jag‘da) bilan chega ralangan, orqa tomondan esa to yutqinga qadar davom etadi. Yuqoridan qattiq va yumshoq tanglay bilan, pastdan esa og‘iz tubi — diafragmal muskullami o‘rab turuvchi fibroz to ‘qimalar yuzasidagi shilliq parda bilan chegaralangan. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling