S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
SUT TISHLARINING RIVOJLANISHI
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
SUT TISHLARINING RIVOJLANISHI
Sut tishlarining rivojlanishi (doimiy tishlardan farqli o ‘laroq) to ‘rt davmi o ‘z ichiga oladi: 1. Tish kurtaklarining hosil bo‘lishi va ulaming jag‘ suyagi qaridagi shakllanish davri. 2. Yorib chiqqan sut tishlar ildizining shakllanish davri. 3. Sut tishlarining to ‘liq shakllangan davri. 4. Sut tishlari ildizining so‘rilish davri. Doimiy tishlar uchun to ‘rtinchi davr xos emas. Sut tishlari homila hayotining 5 - 6 - haftasidan boshlab rivojlana boshlaydi. Bunda og‘iz tirqishining yuqori va pastki yuzalarida epiteliy qalinlashib, mezenxima qavatga botib kiradi. Hosil bo‘lgan epitehal tasmachalar (yuqori va pastki) yoy shaklida bo‘lib, bo‘lajak alveolyar o ‘siq sohasida joylashadi va tishlaming dastlabki kurtaklarining hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. T is h la r ta ra q q iy o ti 43 .a Il d iz la ri n i so ‘r il is h i 4 y o sh 5 y o sh 8 y o sh 6 y o sh 7 y o sh Il d iz la m i sh a k ll a n is h i 1 ,5 — 2 y o sh 1 ,5 — 2 y o sh 4 — 5 y o sh 2 ,5 — 3, 5 y o sh 3 — 4 y o sh 9 — 10 y o sh 1 0—1 1 y o sh 13— 15 y o sh 1 2 — 13 y o sh 1 2 — 14 y o sh 9 — 10 y o sh 1 4 — 15 y o sh C h e g a ra si z T is h la m i c h iq is h i 6 — 8 o y 8 — 12 o y 1 6 -2 0 o y 1 2 — 16 o y 2 0 -3 0 o y 6, 5 y o sh 7, 5 y o sh 9, 5 y o sh 8, 5 y o sh 10 ,0 y o sh 5, 5 y o sh 10 ,6 y o sh T u rl ic h a O h a k la n is h n i tu g a ll a n is h i 3 oy t/s * * 3 oy t/ s 9 oy t/ s 6 oy t/ s 11 oy t/ s 4 — 5 y o sh 4 — 5 y o sh 6 — 7 y o sh 5 — 6 y o sh 6 — 7 y o sh 2 — 3 y o sh 7 — 8 y o sh 12 —1 6 y o sh O h a k la n is h n i b o sh la n is h i 4 h d o 5 h d o 6 — 8 h d o 3 — 4 oy t/ s 9 oy t/ s 4, 5 oy t/ s 1 ,5 — 2, 5 y o sh 2 ,0 — 3, 5 y o sh 9 y o sh 2, 5 y o sh 8 y o sh T is h m u rt a k la ri h o si l b o 'l is h i * 0 2 CO 1 in CN 3 ,0 — 3 ,5 h d o 0 X 1 l/^ ro 3 ,5 — 4 h d o о 2 >/T со 8 h d o 8 h d o 8 h d o 2 y o sh 3 y o sh 5 y o sh 3 y o sh 5 y o sh Ui 2 СЛ H - M s > > - 4 0 OO UBjqsp m s jB jq s ii A i u i i o q hd o — h o m il a da vr i oy i. *t /s — tu g ‘i lg an d an so ‘n g . Epitelial tish tasmachalari hujayralari guruhlarga bo‘linib, har bir bo‘lajak jag‘ sohasida 10 ta dan epitelial emal a ’zolarini (tish kurtaklarining dastlabki holati) hosil qiladi. H ar bir emal a ’zosining rivojlanish jarayonida tashqi va ichki qavat hujayralari hosil bo'ladi. Hosil b o ‘lgan tashqi qavat hujayralari kubsimon, ichki qavat hujayralari esa silindr shakliga ega b o lib , ular ameloblastlar deb yuritiladi. Tashqi va ichki qavat hujayralari yoysimon bo‘lib, uchlari bir-biri bilan tutashadi. Natijada emal a ’zosi vujudga keladi. Hosil bo‘lgan ichki va tashqi hujayralar qavati orasida juda nozik to ‘rsimon to ‘qima — emal a’zosining pulpasi, yulduzsimon hujayralar to ‘plami shakllanadi (1- rasm). 1- rasm. Tish kurtagi rivojlanishning dastlabki davri. Emalning hosil boiishi. 1—og‘iz bo ‘shlig 7 epiteliysi; 2 —epiteliy tasmachalari; 3 —emal organi pulpasi; 4—ichki emal hujayralari; 5—tashqi emal hujayralari; 6—odontaplastli qavat; 7—tish so ‘rg‘ichi; 8—emal organi qirg'og'i; 9—ja g ‘ suyagi alveolasi. Shakllangan emal a ’zosining tanasiga qarama-qarshi tomondan mezenxima to ‘qimasi o ‘sib kirib, tish so‘rg‘ichini hosil qiladi. Keyinchalik mezenxima to ‘qimasi shakllanib, tish kurtagi atrofini o ‘rab va umumiy tish qopchig‘i — follikulani shakllantiradi. Hosil b o ‘lgan tish follikulasi o ‘z ichiga emal a ’zosini va tish so‘rg‘ichini oladi. Rivojlanishning keyingi davrlarida emal a ’zosining ichki silindrsimon hujayralar qavatidan (ameloblastlar) — emal, tish so‘rg‘ichining chetida joylashgan hujayralardan (odontoblastlar) — dentin, markaziy qavat hujayralaridan — tish pulpasi shakllanadi (2- rasm). 2- rasm. Tish kurtagi rivojlanishning so'nggi davri. 1—emal organining qoldig'i; 2—emal to'qimasi; 3—dentin to'qimasi; 4—sut tishning so'rg'ichi; 5—epiteliy tasmachasining qoldig'i; 6—doimiy tish kurtagi; 7—doimiy tish kurtagining so ‘rg ‘ichi. Epitelial tish tasmasi va kurtaklari homila rivojlanishi davrida oldin pastki, keyin yuqori jag‘ sohasida paydo bo‘ladi. Oldingi tishlar kurtagi pastki jag‘ sohasida 7- haftaning, yuqori jag‘ sohasida esa 8- haftaning oxirida hosil bo‘ladi. Tish kurtaklari jag‘lar sohasida alohida shakllanib boTgandan so‘ng, ulam i birlashtirib turgan tasm achalar so‘rila boshlaydi. Bolaning tug‘ilishi paytida ular hali to ‘liq so‘rilishga ulgurmaydi. Ba’zan istisno tariqasida tasmachalar m a’lum bir qismining so‘rilmay qolishi epiteliy marvaridchalari holida qayd qilinadi. Sut tishlarining mineral tuzlarga to‘yinish jarayoni asosan homila davriga to‘g‘ri keladi. Dastlab tish so‘rg‘ichining cho‘qqi qismida dentin qatlami vujudga keladi. Keyin esa emal hosil bo‘lish jarayoni kuzatiladi. Homilaning 1 7 -2 0 - haftalarida boshlangan tish qattiq to ‘qi- malarining hosil bo‘lish jarayoni oldingi kurak tishlarda 14—18 oylarda tugallansa, chaynov tishlarda 18—30 oylarda, qoziq tishlarda esa 22—36 oylargacha davom etadi. Sut tishlar ildizining to ‘liq shakllanishi oldingi kurak tishlarda bola to ‘g‘ilgandan keyin 2 yoshgacha, chaynov tishlarida 4—4,5 yoshgacha davom etadi. Bola tug'ilgandan keyin 6 oy o‘tgach, birinchi sut tishlari milkni yorib chiqa boshlaydi. Shundan qilib, 2,5—3 yashar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ida sut tishlar qatori to ‘liq shakllanadi va ular quyidagi klinik tish formulasi yordamida ifodalanadi: V IV III I I I I II III IV > V IV III I I I I I I III IV I > Bundan ko‘rinib turibdiki, sut tishlari klinik formulada doimiy tishlardan farqli o ‘laroq, arab raqamlari bilan emas, balki rim raqamlarida o‘z ifodasini topgan. Sut tishlari yorib chiqishi bilan ulaming suyak alveolasi ichidagi rivojlanish davri tugaydi va ikkinchi — ildiz shakllanish davri boshlanadi. Tish ildizi asosan bola tug‘ilganidan keyin shakllana boshlaydi. Bu jarayon tishlar chiqish paytidan boshlanib, bir necha yil davom etadi. Uchinchi davr — bu to ‘liq shakllangan sut tishlarining faoliyat davri bo'lib, o ‘rtacha 2 yil davom etadi. Bu davr so‘nggida tish ildizining so‘rilish davri, ya’ni to ‘rtinchi davr boshlanadi. U o ‘z navbatida o‘rtacha 3—5 yil, sut tishi tushib ketguncha davom etadi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling