S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Ponasimon o‘yiqli tishlar


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Ponasimon o‘yiqli tishlar maktab yoshidagi bolalarda ko‘proq 
uchraydi. Bunda tish bo‘yni yaqinida pona shaklidagi o‘yiqcha hosil 
bo‘ladi. Ponasimon o ‘yiqning yuzasi, qirralari juda tekis, yaltiroq 
bo‘lib, xuddi unga birov maxsus ishlov berganidek bo‘lib tuyuladi. 
Tishda og‘riq yoki kariyes kavagi bo‘lmaydi, biroq estetik nuqtai 
nazardan xusniga putur etadi, xolos.
Flyuoroz. Bu kasallik tish emal qavatining zararlanishi bilan 
xarakterlandi. Kasallik yuqori va pastki jag'dagi frontal (oldingi) 
tishlarni qamrab oladi. Flyuorozli emal yuzini bo‘rsimon dog‘ va 
chiziqlar, ba’zida tubi jigarrang bo'lgan nuqsonlar (o‘yiqlar) hosil 
bo‘ladi. Ushbu kasallik ichimlik suvida ftor ko‘p bo‘lgan geografik 
m u h itlard a yashovchi bolalar tishida uchraydi. Suvda ftor 
mikroelementi ko‘p bo‘lgan joylarda aholi organizmi undan surunkali 
tarzda zaharlana boradi, natijada organizmda moddalar almashinuvi 
buziladi, kasallikning ilk belgisi tishda ko‘rinadi (11- rasm).
Bu kasallikni oldini olishni bola tug‘ilganidan boshlab to 7—8 
yoshga yetgunicha davom ettirish zarur. Buning uchun muntazam 
sut ichib turish kerak. Chunki sut suvdagi ortiqcha ftor ionini o‘ziga


11- rasm. Tishlar fluorosi.
biriktirib uni zararsizlantirish hususiyatiga ega. Yoz oylarda bolalarni 
boshqa geografik zonalardagi bolalar dam olish lagerlari, sihatgohlariga 
olib chiqib ketish mumkin.
Bolalar va o ‘smirlarda tish bo‘yni yuzasida ba’zan ко'к rangli 
jiyakni uchratish mumkin. Bu ko‘kimtir qatlam tish emali bilan 
juda mustahkam birikkan bo‘ladi, hatto maxsus cho‘tka va dorilar 
bilan tinmay ishqalaganda ham qiyinchilik bilan ko‘chadi. Bunday 
qatlam tish emaliga mahkam o ‘mashib olgan mikroorganizmlar 
(zambrug‘, xlorofill bakteriyalari) hisobiga yuzaga keladi.
Bolalar va o ‘smirlarda tish karashlari hosil bo‘lmasligi uchun 
ovqatni ham m a tishlarda bir xil chaynash, ovqat ratsioniga suvi 
qochgan non, suxari, olma, sabzi kabilami kiritish lozim. Ovqatdan 
so‘ng og‘izni albatta katta bosim ostida chayish lozim. Bir yilda kamida
2 marta stomatolog ko‘rigidan o ‘tib turish shart.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling