S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Nazorat savollari
1. Parodont to'qimasi nima va u qanday tuzilgan?
2. Gingivitlarni klinik belgilarini sanab o ‘ting.
3. Gingivitlarga olib keluvchi etiologikom illar nima?
4.
0 ‘smirlik gingivitini davolashda pediatr shifokor qanday tavsiyalar 
beradi.
5. Bernar aftasi qaysi sohada joylashadi?
6. Bolalarda og‘iz b o ‘shlig‘i yallig'langanda ishlatiladigan antiseptiklami 
sanab o ‘ting.
7. O g‘iz b o ‘shlig‘ida m ahaliy im m unitetni oshirishda sizning chora- 
tadbirlaringiz.
8. O g‘iz shilliq pardasi kasalliklari haqida nimalarni bilasiz?


BOLALARDA UCHRAYDIGAN O T K IR GERPETIK 
STOMATIT ( 0 ‘GS)
Epidemiologiyasi. О еф еик infeksiyani hozirgi vaqtda tabiatda 
kengtarqalgan odam infeksiyalari qatoriga kiritiladi. Bu infeksiya terinl, 
ko‘z shilliq qavatini, oshqozon-ichak yo‘li, jinsiy a ’zolari shilliq 
qavatini shikastlaydi va shu bilan bir qatorda homila patologiyasida va 
ba’zi onkologik kassaliklar rivojlanishida sababchi bo‘ladi. Bolalardagi 
barcha stomatitlaming 70 % ini o‘tkir geфetik stomatit tashkil etadi.
Bolalar organizmida ba’zi vaqtlarda gerpetik infeksiyaning bir 
necha turlari klinik ko‘rinishining namoyon bo‘lishi kasallikni 
og'irlashuviga sabab bo‘ladi.
0 ‘GSda o‘ziga hos ravishda immunitet hosil bo‘ladi va kasallikdan 
so‘ng ko‘p hollarda residiv tus olishi kuzatiladi (har 7—8 bemordan 
birida) 0 ‘GS bilan hamma yoshdagi, ayniqsa 6 oydan 1 yoshgacha 
bo‘lgan bolalar ko‘proq og‘riydi. Kasallik ko'proq kuz va bahor oylarida 
bola organizmi reaktivligi pasayganda va iqlim sharoiti o'zgarganda 
ko‘proq namoyon bo‘ladi. Infeksiya o‘tishi kontakt va havo — tomchi 
yo‘li bilan bo‘ladi.
Etiologiyasi. 0 ‘tkir geфetik stomatitni qo‘zg‘atuvchisi oddiy 
geфes (Нефе5 Simplex), bo‘lib, u tabiatda keng tarqalgan va ko‘pgina 
sog‘lom odamlar uning tashuvchisi hisoblanadi.
Kasallik yuqishi havo — tomchi hamda kontakt y o i orqali 
bo‘ladi. Bolalarga virus o‘tish tashuvchi yoki qaytalanuvchi residiv 
geф es bilan bemor bo‘lgan kattalar orqali bo‘lishi mumkin.
Gerpetik infeksiya tabiatda keng tarqalganligi va gerpes 
infeksiyasidan so‘ng odam organizmida o‘ziga xos immunitet hosil 
b o ‘lishi aham iyatlidir. Oddiy gerpes virusiga qarshi himoya 
mexanizmlari bu — terining va shilliq qavatining fiziologik barer 
funksiyalari hamda interferon hosil qilish jarayonlaridir.
Insonning butun hayoti mobaynida bu jarayonlaming borishi 
darajasi turlicha bo‘lib, erta bolalik davrida ularni taraqqiy etishi 
boshlanadi. Shuning uchun bu davrda fiziologik im m unitet 
yetishmasligi holati bo‘lishi mumkin. 0 ‘tkir geфetik stomatit bilan 
yosh bolalarni, ayniqsa, 6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni


ko‘proq og‘rishi bu davrda onadan interplasentar yo£l bilan olingan 
antitelalarni yo‘qolishi va bolaning o ‘zida maxsus himoya vositalari 
hali to ‘liq taraqqiy etmaganligi bilan tushintiriladi. Og‘iz bo‘shlig‘i 
shilliq qavatida virusli stom atitlar rivojlanishida shilliq qavat 
butunligining buzilishi va morfologik jihatdan yetilmaganligi ham 
muhim o ‘rin tutadi.
0 ‘GS yuqum li kasalliklar qatoriga kirib, klinik kechishi 
5 davrdan iborat: inkubasion (yashirin), prodrom al, kasallikning 
rivojlanishi davri, klinik belgilarning so‘nishi va klinik sog‘ayish 
davri.
Inkubasion yoki yashirin davri 2—6 kundan 17 kungacha 
bo'lishi mumkin. Getpes virusi organizmga tushgandan so‘ng shilliq 
qavatlarda asab tolalari va gangliylarga o ‘tib ko‘z, lablar, og‘iz va 
burun shilliq qavatida og‘ir jarayonlami qo‘zg‘aydi.
Bu vaqtda organizm virus antigenlariga qarshi hamma (tug‘ma va 
hosil qilingan) himoya mexanizmlarini virus agregatsiyasiga — 
sezuvchi hujayralarda qo‘zg‘atuvchini ko‘payishiga qarshi yo‘naltiradi.
Immunologik himoya virus agressiyasini nospesefik va gumoral 
mexanizmlar orqali aynan:
1) virus kirgan hujayralar fagasitozi;
2) interferon hosil qilish;
3) harorat ko‘tarilishi reaksiyasi;
4) antitela hosil bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Fagositoz mexanizmlari har hil bolalik davrlarida turlicha bo'lib,
bu reaksiyalaming mohiyati nisbatan kattaroq bo‘lgan hujayra 
zarralarini qamrab olib lizisga uchratish xususiyatidir. Fagasitozga 
viruslar o ‘zi uchramaydi, balki viruslar kirib olgan hujayralar 
fagasitozlanadi.
Interferon hosil qilish funksiyasi bola organizmining virusga 
qarshi muhim omillaridan biridir.
Bolalarda interferon hosil qilish funksiyasi etilmagan va to ‘liq 
b o ‘lmasligi tufayli virus infeksiyalari bilan bolalar k o ‘plab 
hastalanishi kuzatiladi. Interferon hosil bo‘lishi funksiyasi qancha 
sust bo‘lsa, kasallik shuncha og‘irroq o‘tadi. Masalan og‘iz suyuqligida 
interferon bo‘lmagan bolalarda 0 ‘GS og‘ir turda o ‘tadi. 0 ‘rta og‘ir


0 ‘GS bilan og‘rigan bolalarda 25 %, yengil turida esa 33 % gacha 
og‘iz suynqligida interferon aniqlanadi. Kasallik oxirida, sog‘ayish 
davrida gumoroal immunitet ko‘rsatkichlari ortadi, yengil kasallik turida 
og‘iz suynqligida 58,3 %, o ‘rta og‘ir turida 55 % interferon topiladi. 
Og‘ir darajasida kasallik oxirida ba’zan interferon bo'lishi aniqlanadi. 
Oddiy gerpes virusi D N K tutuvchi neyrotrop vimslar qatoriga kirib, 
organizmga toksik ta ’siri asab tizimidagi intoksikatsiya belgilarida: 
uyqusizlik, behalovatlik, bo'shashish, injiqlik, harorat ko‘tarilishi, 
ko‘ngil aynashi, qusish, ishtaha yo‘qolishi kabi belgilarda namoyon 
bo‘ladi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling