S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- OG ‘IZ B O ‘SH LIG ‘I SHILLIQ PARDASI KASALLIKLARI
17- rasm.
T ilo s ti v a la b y u g a n c h a l a r in i n g t u g ‘m a k a lta lig i. Chunki m e’yoriy mexanik chaynov bosimidan judo bo'lgan tishlar milk va suyak to ‘qimalariga kerakli bosim kuchni yetkazib berolmaydi, bu esa tish atrofi to ‘qimalaridagi gemodinamikani susayishiga, provardida esa to‘qimalaming yallig‘lanishiga olib keladi. Bolalar parodontida uzoq vaqt kechuvchi yallig‘lanishlar bora-bora (surunkali infeksiya) bola organizm ining umumiy q a rsh ilig in i p a s a y tirib , a lle rg ik fo n n i o sh irib y u b o rish i m um kin. Bunday bolalarning um um iy ahvoli yom onlashib, psixologik jih atd an ta ’sirchan, tibbiy m uolajalarga nisbatan q o ‘rq u v c h a n , in jiq , tez to liq u v c h a n , kam uyqu va past ishtahali b o ‘lib qoladilar. OG ‘IZ B O ‘SH LIG ‘I SHILLIQ PARDASI KASALLIKLARI Bunday kasalliklar o ‘ziga xos alohida yoki organizmda sodir bo‘lgan bironta kasallik belgisi bo‘lishi mumkin. Kasallik turli sabablar, ya’ni termik, mexanik, kimyoviy shikastlanishlar oqibatida yoki mikrob va viruslar ta ’siridagi zararlanishlar oqibatida yuzaga keladi. Termik ta ’sirotlarga yuqori haroratli ta ’sirotlar oqibatidagi kuyish, mexanik ta’sirotlarga shilliq pardaning shikastlanishi (Bernar aftasi), kimyoviy ta ’sirotlarga esa, kislota yoki kuchli ishqorlar ta ’siridagi kuyish kabilar misol bo‘la oladi. Turli mikrob va viruslar ta’sirida og‘iz shilliq pardasida turlicha klinik ko‘rinishga ega bo‘lgan stomatitlar kelib chiqishi mumkin. Ba’zi allergik holatlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida o ‘ziga hos o'zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Bunga Kvinke shishlari, allergik stomatit, turli shakldagi eksudativ eritema, surunkali qaytalanuvchi aftali (chaqali) stomatitlar misol bo‘ladi. K o‘pincha ayrim dori preparatlarini peroral qabul qilishda ular shilliq pardaga tez ta ’sir etishi kuzatiladi. Dermatovenerik kasalliklarning (zahm, gonoreya) ayrim rivoj- lanish pallalari ham og‘iz bo'shlig‘i shilliq pardasida o ‘z asoratlarini qoldarishi mumkin. Ayniqsa, teri dermatozining asosiy klinik belgilari og‘izbo‘shlig‘ida ko‘p uchraydi (pufakchali dermatoz, yassi qizilcha). Og‘iz shilliq qavati infeksion kasalliklariga virusli geфetik stomatit, grippli stomatit, qizamiq davridagi stomatit (toshmalar) misol bo‘la oladi. Og‘iz shilliq pardasini butkul chirishi bilan kechuvchi Vensan stomatiti bolalar sog‘lig‘i uchun o ‘ta havfli hisoblanadi. Bakterial infeksiya natijasida yuzaga kelgan streptokokkli stomatit, piogen granulema yoki tuberkulyozli stomatitlar ham jiddiy tus oluvchi kasalliklar hisoblanadi. Emizikli bolalar tilining ustki yuzasi b o ‘ylab kechuvchi «molochnisa» nomi bilan ataluvchi stomatitlar kandidoz kasalliklar turkumiga kiradi. Mazkur kandida-m o‘g‘or zambrug‘lari bola ona sutini emib bo‘lgach, og‘iz bo‘shlig‘ida qolib ketgan sut qoldiqlarining achib, kislotali muhitni vujudga keltirilishi hisobiga yuzaga keladi. Shuning uchun, onalarga bolani emizib bo‘lgach, uni og‘zini ishkoriy suyuqlik (choy sodasi) shimdirilgan doka bilan artib tashlash tavsiya qilinadi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling