S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

1- mashgulotdavomida bolalaming og‘iz bo‘shlig‘i stomatologik 
vositalar (oyna, zond) yordamida ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ko‘rik paytida 
atrofga guruh bolalari yig‘ilib turishadi. Biror bolani tanlab olib
ularga og‘zidagi sog‘ hamda kasal tishlari, undagi qarashlar ko‘rsatiladi. 
So‘ngra bolalarga ularning oldini olish hamda yo‘qotish yo'llari 
o‘igatiladi.
2- mashg ulot paytida bolalarga og£izni chayish yo'llari 
ko‘rsatiladi va mashg‘ulot so‘ngida ulami qay darajada o‘zlashtirilganligi 
tekshirib ko‘riladi.
3- mashg ulot davomida bolalarga tish cho‘tkasi, uni qanday 
ishlatish haqida qisqacha so‘zlab beriladi. M ashg‘ulot oxirida 
bolalarning qo‘liga turli-tum an tish cho‘tkalari tutqazilib, ularning 
tuzilishi qisqacha tushuntiriladi.
4- mashg ulot bolalarga tish cho‘tkasi va modellar berilib, uni 
tozalash so‘raladi.


5- mashgulot davomida bolalar o ‘z tishlarini tish cho‘tkasi 
yordam ida pastasiz tozalaydilar. So‘ngra ch o ‘tkalarni yuvib, 
boshchasini yuqoriga qaratib stakanlarga solib qo‘yishadi. Bu vazifa 
bir necha marotaba takrorlanib, mustahkamlanadi.
6- mashg ulot uy vazifasi sifatida beriladi. Uyda bola ota —ona 
nazoratida kechqurun tish cho‘tkasi yordamida pastasiz tishni 
tozalaydi.
7- mashg‘ulot 
paytida
bolalarga tish cho'tkasiga pasta surtilib, 
o ‘rgatilgani bo'yicha tishlarni tozalashlari so‘raladi. Kechqurun ota
— ona va ertalab murabbiya nazoratida bolalar tish cho‘tkasi va pasta 
vositasida tishlarini tozalashadi. So‘ngra cho‘tkalab yuvilib, og‘iz 
chayiladi.
H ar bir m ashg'ulotdan so‘ng yo‘l qo'yilgan kamchiliklar 
aytilib, qanday bajarilishi kerakligi qayta ko‘rsatiladi.
Boshlang'ich sinf o ‘quvchilari (6—10 yosh) uchun mashg‘ulot 
xilma — xil bo‘lishi zarur. Bu yoshdagi bolalar asosan stomatolog 
vrachlar bilan uchrashgan, tegishli maslahat olgani sababliog‘izni 
toza tutishni biladilar, shu bilan birga ular tish kariyesi dardini 
birm uncha tortgan bo'ladilar. Ularning asab tizimi birmuncha 
rivojlangan, ancha tushinadigan bo‘lib qolishgan.
Boshlang'ich maktablarda stomatologiyadan salomatlik darslarini 
3 qismga bo‘lib: sanitariya, maorif ishlari va amaliy mashg‘ulotlar 
o ‘tkazish b o ‘yicha olib borish m um kin. M ashg‘ulotlar m ah- 
sus jihozlangan gigiyena sinfida o ‘tkazilishi shart. Gigiyena sinfida 
15—20 ta yuvinadigan rakovina (tepasiga ko‘zgular o‘matilgan bo‘lishi 
kerak), stellaj — shkaflar (shaxsiy gigiyena vositalarini saqlash 
u ch u n ), o ‘quvchilar uchun p artalar, stom atologik o 'rin d iq
profilaktika vositalari bilan dori-darmonlar turadigan stolcha bo‘lishi 
kerak. Sinf plakatlar, sxemalar, jag‘ mulyajlari bilan jihozlangan 
bo‘ladi. Bulardan tashqari xonada slayd va filmlarni ko‘rsatadigan 
ekran va apparaturalar bo‘lishi zarur.
Maxsus m a’lumotga ega bo‘lgan stomatolog — vrach, pediatr, 
yoki tibbiy hamshira birinchi darsda bo‘ladigan suhbat chog'ida,


tishlaming odam hayotidagi ahamiyati va vazifasi, tuzilishi, qanday 
tishlar mavjudligi va ularning qay tarzda ishlashi, yorib chiqishi 
hamda tushib ketishi haqida m a’lumot beradi. Tishlarning nima 
sababdan tushib ketishini bolalarga tushuntirishlari lozim.
Tish-jag‘ tizimining rivojlanishida ovqatlanishning, shuningdek, 
uglevodli ovqat qoldiqlarining kasallik keltirib chiqarishdagi ahamiyati 
haqida to'xtalib o‘tish ayniqsa, muhimdir. Ayni paytda bolalarga og‘iz 
bo‘shlig‘ini toza tutish nechog‘li muhim ckanligi, stomatolog vrachga 
qachon va nima uchun murojaat qilish zarurligini tushuntirish kerak. 
Ikkinchi darsda og‘iz bo‘shlig'ini toza tutishda qanday narsalar va 
vositalardan foydalanish mumkinligi haqida suhbat o ‘tkaziladi.
Bolalarga tish cho‘tkaning tuzilishi ko‘rsatiladi, undan qanday 
foydalanish kerakligi va saqlash qoidalari uqtiriladi. Shuningdek, 
ularga tish pastasi yoki poroshokdan qanday foydalanish kerakligi 
ko'rsatiladi.
Mashg‘ulot so‘ngida bolalaming bu savolni qanday o‘zlashtirib 
olgani tekshirib ko‘riladi.
Uchinchi mashg‘ulot og‘iz bo‘shlig‘ini toza tutishni amalda 
o'rgatishga qaratiladi, bolalar tishlarini qanchalik toza yuvishlari 
tekshiriladi. So‘ngra savol-javob o ‘tkaziladi va bolalarning tishni 
tozalashni qanday o trganganlari aniqlanadi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling