S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari 1. Umurniy kasalliklamiiig og‘iz bo‘shlig‘idagi belgilari haqida tushuncha bering.
- 3. O g‘iz shilliq qavati kasalliklam i qiyosiy tashxisi haqida tushuncha bering. 4. 0 ‘G Sni um um iy davolashda pediatm ing tutgan o ‘rni.
Qon kasalliklarida ham og‘iz shilliq pardasidagi o‘zgarishlar
jiddiy tus oladi. Eritropoez jarayonining buzilishi va anemiya holatida til va lunj shilliq qavati juda och rangda bo‘lib biroz shish hosil qiladi. Leykopoez buzilishida, surunkali leykozda og‘iz shilliq pardasida turli giperplastik buzilishlar ro‘y beradi. Yarali gingivit hukm suradi. Nekrotizatsiya tezlashadi (yutqindan tortib to lablarni shilliq pardasigacha). Nazorat savollari 1. Umurniy kasalliklamiiig og‘iz bo‘shlig‘idagi belgilari haqida tushuncha bering. 2. 0 ‘tkir gerpetik stom atit ( 0 ‘G S )n in g bolalarda o ‘ziga xos klinik kechishi haqida gapirib bering. 3. O g‘iz shilliq qavati kasalliklam i qiyosiy tashxisi haqida tushuncha bering. 4. 0 ‘G Sni um um iy davolashda pediatm ing tutgan o ‘rni. MAKTABGACHA TARBIYA VA MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR MUASSASALARIDA STOMATOLOGIK KASALLIKLARNI OLDINI O LISH Bolalarga yoshlikdan foydali ko‘nikma va odatlarni singdira borish, ya’ni sog‘lom turmush tarzi qoidalarini o ‘rgatish, bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Sog‘lom avlodni tarbiya- lab voyaga yetkazar ekanmiz, zimmamizdagi bu m a’suliyatli burchni sidqidildan bajarishimiz lozim. Bu borada bolalami ozodalikka o ‘rga- tish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda tish kasalliklarining oldini olish maqsadida maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktablarda pediatr tom onidan olib boriladigan sanitariya — m aorif ishlarini to ‘g‘ri tashkil etish kerak bo‘ladi. Sanitariya — maorif ishlari sog‘lom turmush tarzi haqidagi tibbiyot bilimlarini tashviqot kilish, sog‘liqni saqlash, kasalliklaming oldini olish yo‘llarini tushuntirishdan iborat. Tibbiyot xodim lari, xususan stom atolog v rachlar yoki pediatrlar, mahsus o ‘qitilgan tibbiy hamshiralar bolalar, tarbiya- chilar, o'qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida suhbat o‘tkazishsa, so'zga chiqib, m a’mza qilishsa, sanitariya-niaorifi ishlarining samarasi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bulardan tashqari, sanitariya-maorifiga doir maxsus adabiyotlar, varaqalar, ko‘rgazmalar, slaydlar, diafilm namoyishi va boshqa shu kabilar ham tashkil etiladi, negaki, ulaming ikkalasi bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Bolalar o‘rtasida sanitariya-maorif ishlarini puxta o‘ylab, reja bilan olib borilganda foydasi yaxshi bo‘ladi. Sanitariya-maorifi ishlarini birgalikda olib borgan m a’qul. Shu sohaning mutaxassislari fikriga ko‘ra bunda to ‘rtta zveno: ishni olib borayotgan vrach, o ‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va bolalarning o‘zlari qatnashishlari lozim. Sanitariya-maorif ishlarini birinchi navbatda o'qituvchilar va bolalar muassasalaridagi tibbiy xodimlar boshlashlari kerak. Tibbiy- pedagogik ishlar rejasiga quyidagi savollarni kiritish mumkin: — sut tishlari va doimiy tishlarning shakllanish xususiyatlari, yetilishi va funksiyalari; — tishlarning yorib chiqish muddatlari; — bolalarda tish kariyesi va uning asoratlari; — tish cho‘tkasi va tish pastasi turini tanlash; — tishni qaysi yoshdan tozalash kerak, tishni tozalash qoidalari; — tishlarning sog‘lom bo‘lishida ovqatlanishning ahamiyati; — milk va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari; — stomatologiya kasalliklarining oldini olishda og‘iz bo‘shlig‘ini toza tutishning ahamiyati. Suhbat davomida stomatologiyada profilaktikaning maqsad va vazifalarini tushuntirish lozim. Rejalashtirilgan tadbirlar aniq shaklda bayon etilishi kerak. Ushbu profilaktika tadbirlarining yaxshi natija va samara berishi uchun ular yuqoridagi tadbirlarni to ‘la bajarishlari, sinchkov bo‘lishlari lozimligi uqtiriladi. Sanitariya-maorif ishining keyingi bosqichida bolalar bilan qizg‘in suhbat olib boriladi. Suhbatni bolalar yoshiga qarab o‘tkazgan m a’qul. Bunday suhbatlar 2—4 yoshdagi bolalar bilan o‘yin tarzida o ‘tkaziladi. Bunda, bolalarni o ‘yinlarga qiziqtirish, qisqasi bolaning «tilini» topishga harakat qilish kerak bo‘ladi. Bunga misol tariqasida «Quyon»ni yoki bolalarga tanish bo ig an boshqa biror personajni o ‘ylab topish mumkin. Masalan, karam, sabzini ko‘p yeydigan va shu bilan birga tishini ham tozalab turadigan quyonchani, uning tishi og‘rimasligini misol qilib keltirish mumkin. Qiziq, u tishini qanday tozalar ekan? Shunday qilib o ‘yin jarayonida bolalarga qanday qilib tishni tozalash kerakligini tushintirish va tozalab ko‘rsatish, keyin bu ishga o ‘rgatish kerak, shunda bolalar tish tozalash yo‘llarini o ‘zlari mustaqil o ‘rganib oladilar. E.I. Borovskiy og‘iz bo‘shlig‘ini toza tutish to‘g‘risida bolalarga 7 ta mustaqil mashg'ulotni (15 daqiqadan) o ‘rgatishni tavsiya etadi. Bu ishda yaxshi natijalarga erishish uchun mashg‘ulot olib borila- digan joyni tanlay bilish, maktabgacha tarbiya muassasalarida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi burchagini tashkil etish muhim. 0 ‘yin olib boriladigan xonani bezash, unda katta-katta o ‘yinchoqlar, jag‘ modellari, suratlar, plakatlar va tishni tozalash sxemalari osilgan bo‘lishi kerak. Xonada bir nechta rakovina, gigiyena vositalarini va o ‘yinchoqlarni saqlash uchun shkaflar va boshqa vositalar bo'lishi kerak. Mashg‘ulotlar quyidagi tartibda olib boriladi: Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling