S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Pulpitlarda rentgen tasvirining tahlili
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24- rasm. 1- tish kanalidagi dentikl (qora d og‘).
Pulpitlarda rentgen tasvirining tahlili
Surunkali kechadigan pulpa yallig‘lanishida rentgen tasvirida periodont to‘qimasida periodontit xastaligiga xos bo‘lgan o‘zgarishlami ko'rish mumkin. Periodont to ‘qimasining notekisligi, bir m uncha kengayganligi surunkali kechuvchi gipertrofik pulpit va surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun xosdir. Biroq, ko‘p ildizli tishlar (molyar) ildizlarining ajralish (bifurkatsiya) sohasidagi qattiq to ‘qim a strukturasidagi buzilish (destruksiya), siyraklashish, yemirilish faqat granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontitdan darak beradi. Yuqorida zikr etilganlardan bizga ma’lumki, pulpa yalliglanishida davo usullari sut tishlari ildizlarining so‘rilish yoki shakllanish holatini hisobga olgan holda tanlanadi. lldizlaming u yoki bu holatini esa faqat rentgen tasviriga qarab aniqlanadi. Tish pulpasida kechayotgan distrofik o'zgarishlar pulpa va ildiz bo‘shlig‘i devorlarida dentikllarning hosil bo'lishi bilan bog‘liqdir. Rentgen tasvirida hosil bo‘lgan dentiklar och rangli pulpa bo‘shliq- larida qoramtir dumaloq donachalar shaklida aks etadi (24- rasm). Ba’zan hosil boigan qattiq strukturali dentikllar pulpa bo‘shlig‘ida joylashgan asab tolalarini siqib, nevralgiyaga hos og‘riqlami paydo qiladi. Xastalikni to ‘g‘ri aniqlashda bizga faqat rentgen tasvirigina yordam beradi. K am dan-kam hollarda rentgen tasvirida, b a ’zan dentin to ‘qimasining ideopatik (favqulodda kuchli) so‘rilish hollari ham uchraydi. Bu tariqa dentin qatlamining so‘rilishi (rezorbsiya), tish kavagining ichki qismidan boshlanishi ajablanarlidir. 24- rasm. 1- tish kanalidagi dentikl (qora d og‘). Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili M a’lumki, periodont to'qim asi yallig‘lanishining ayniqsa, surunkali kechadigan turlarida uni o ‘rab turgan atrof to ‘qimalar (alveolyar suyak to ‘sig‘i, suyak pardasi, sement va dentin) ham jaro h atlan ad i. Bunday qattiq to ‘qim alarda sodir b o ‘ladigan o'zgarishlar panoram rentgen tasvirida yaqqol namoyon boiadi. 0 ‘tkir periodont yallig‘lanishida klinik belgilarning kuchli nam oyon b o ‘lishiga qaram asdan rentgen tasvirida periodont to‘qimasida deyarli o ‘zgarish kuzatilmaydi. Ayrim xollarda ildiz uchi teshigi atrofidagina periodont tirqishining ozroq kengayganligi kuzatiladi. Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodont yallig‘lanishida uni o'rab turuvchi qattiq to ‘qimalar (sement, dentin, alveola suyagi, g‘ovak suyak) kuchli yemirilish jarayoniga uchraydi. Tish ildizining sathi o‘zining silliqligini yo‘qotib, unda uydim chuqurlar hosil bo‘ladi vajimjimali shaklni oladi. Rentgen tasvirida tish ildizining cho‘qqi sohasida parodont to‘qimasining buzilgailigini, alveola kompakt suyagining yemirilishini ko‘ramiz. Ildiz cho‘qqisini o‘rab turuvchi suyak to‘qimasining notekis to ‘lqinsimon struktura buzilishi va yemirilishi oqibatida suyakning jarohatlangan zonada nur o ‘tkazish qobiliyati kuchayganligi kuzatiladi (25- rasm). Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling