S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Nazorat savollari
1. S to m a to lo g ik san ita riy a -m a o rif ishlarini olib borishda pediatr- 
larning roli haqida s o ‘zlab bering.
2. O g‘iz b o ‘sh lig ‘i gigiyen asin in g m aqsad va vazifalari nim alardan 
iborat?
3. T ish em ali c h id am liligin i oshirish am aliyoti haqida nim alarni 
bilasiz?


TISH KASALLIKLARIDA 
RENTGEN TASVIRINING TAHLILI
K an es xastaligida
Kariyes kavagi rentgen tasvirida dumaloq oval yoki noto‘g‘ri 
shakldagi qattiq to‘qimaning siyraklashgan yoki uning (toj qismining) 
chet sohalaridagi anatomik chegarasining buzilganligi kabi o‘zgarishlar 
sifatida namoyon bo‘ladi. Kavak chegaralari tekis bo‘lmaydi. Bu hoi 
ayniqsa, tishlarning kontakt yuzalaridagi karioz kavaklarning rentgen 
tasvirida yaqqol ko‘rinadi.
Odatda ko‘z va asboblar yordamida aniqlanishi mushkul bo‘lgan 
yashirin kavaklami tekshirish maqsadida (kariyes kavak plomba ostida, 
koronka yoki ildizlar sohasida, kontakt yuzalarida bo'lsa), rentgen 
nuridan foydalaniladi. Olingan rentgen tasviri kariyes jarayonining 
qay darajada chu q u r kechayotganligini k o ‘rsatadi. Kariyes 
xastaligining dog‘li davrini rentgen tasvirida odatda aniqlab bo‘lmay- 
di. Yuza kariyes jarayoni tish qattiq to‘qimasining chetida joylashgan 
taqdirda, jarohat zonasi aniqroq ko‘rinadi. 0 ‘rta va chuqur kechuvchi 
kariyesda emal va dentin to‘qimasida hosil bo'lgan yemirilish aniq va 
ravshan ko‘rinadi.
Plomba ostidagi ikkilamchi kariyes kavagi aniq ravshan (negativda 
qoraygan dog‘, pozitivda rangsiz oqish) bo‘shliq sifatida aks etadi. 
Aynan shunga o‘xshash tasvimi plomba ostiga ajratuvchi vosita sifatida 
qo‘yilgan prokladkalar ham hosil qiladi. Ular odatda rentgen nurini 
qaytarish xususiyatiga ega bo‘lmaydi (kalmesin, suvli dentin va h. k.) 
Lekin ikkilamchi kariyes hosil qilgan bo‘shliqning chegaralari notekis, 
uydim-chuqur bo‘lishi patologik jarayondan darak beradi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling