S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
- rasm. Tishlar yuzasi b o ‘ylab biryo‘la oldindan-orqaga va aylanma
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
22- rasm.
Tishlar yuzasi b o ‘ylab biryo‘la oldindan-orqaga va aylanma harakatlarning amalga oshirilishi. M azkur tishlarning oral(ichkariga) yuzalari ham , xuddi tishlaming vestibulyar(lunj) yuzasini tozalaganimiz kabi amalga oshiriladi. Yuqorigi va pastki frontal(oldingi) tishlarning vestibulyar(lab) yuzalarini ham, xuddi yon tishlar yon yuzalarini tozalaganimiz kabi amalga oshiriladi. Barcha frontal tishlaming oral yuzalarini tozalashda chyotka qilchalarining yo‘nalishi mazkur tishlar kesuv qirrasiga nisbatan parallel holatda joylashadi, ya’ni cho‘tka dastagi tik holatda bo‘ladi va bunda tish va milk yuzasiga qilchalaming 50 %igirta tegib turishi mumkin xolos. Shu tarzda chapdan-o‘ng tomonga va o‘ngdan-chap 79 tomonga yo‘naltirilgan bir necha gorizontal harakatlar amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, qilchalarni frontal tishlarning tik o ‘qiga nisbatan parallel tarzda yoki boshqacha qilib aytganda, tishlar kesuv yuzasiga nisbatan perpendikular xolatda joylashtiramiz va shu yo‘sinda yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga qarab yo‘naltiruvchi harakatlami amalga oshiraiz. Va nixoyat, barcha tishlarning vestibulyar yuzasi(lunj yuzasi) b o ‘ylab tishlarim izni jipslagan holda c h o ‘tkam izni aylanma(rotasion) harakatlarni amalga oshirish bilan (23- rasm) barcha amallarimizni yakunlaymiz. 23- rasm. Cho‘tkaning aylanma harakati. K o‘p yillar mobaynida tishni tozalashda tish kukunidan foydalanib kelingan. So‘nggi yillarda esa tish kukuni kamroq ishlab chiqariladigan b o ‘ldi. Chunki u tish pastalariga nisbatan ishlatish uchun noqulay va gigenik emas. Bundan tashqari, tish pastasining tish kukunidan birm uncha afzal tom onlari bor: pasta gigenik, yig‘inchoq, plastik, ta’mi xushbo‘y, hidi uzoq vaqtgacha yo‘qolmaydi. Tish pastasi tyubiklarida chiqariladi, shuning uchun cho‘tka yoki boshqa narsadan ifloslanmaydi. Gigiyenik va davo-profilaktika tish pastalari bo‘ladi. Gigenik tish pastalari tarkibida qo‘shimcha davolovchi va profilaktik vositalar bo'lm aydi, ular og‘iz b o ‘shlig‘ini m exanik tozalashga m o ‘ljal- langan. Tish emali kariyesga chidamli bo‘lgan bolalarga «Karlson», «Detskaya», «Buratino» gigiyenik tish pastalarini tavsiya qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularda hushbo‘y efir moylari va tozalovchi xossalar bo'lganligi sababli ta ’mi yaxshi bo‘ladi. Davolash-profilaktika tish pastalari tarkibida xlorofil, moy- chechak, qayin po‘stlog‘i, propolis, vitaminlar, mikroelementlar, kariyesga qarshi minerallar (kalsiy, fosfor, ftor kabi), o ‘simlik prepa- ratlari mavjud. Tish emalining kariyesga chidamliligi past, tish kariyesi belgilari bo‘lgan bolalarga yaxshisi tarkibida ftor bo‘ladigan tish pastalarini tayinlash lozim. Chunki bunday pastalar tish emalini chidamli qiladi. «Ftorodent», «Colgeyt», «Blend Amed», «Pepsodent» kabilar ana shunday tish pastalari qatoriga kiradi. Tarkibida ftor bo‘ladigan tish pastalarini ichimlik suvida ftor miqdori ortiq bo'lgan hududlarda yashaydigan bolalarga tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda tarkibida ionlar tutadigan tish pastalarini tavsiya etish mumkin. Odatda bu pastalar tarkibida kalsiy glyukanat, gliserofosfat, xlorid, fosfat kislota tuzlari, m ikroelem entlar, molibden, mis, vanadiy tuzlari b o ‘ladi. Sanoatimiz bu guruhga tegishli «Jemchug», «Remodent» kabi tish pastalarini ishlab chiqaradi. Parodont to ‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlari bo‘lganda «Lesnoy balzam», «Colgeyt Propolis», «Colgeyt Total 12» tish pastalari shifobaxsh ta ’sir qiladi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling