S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


GAZAN DA - КРАПИВА ДВУХДОМНАЯ—


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

GAZAN DA - КРАПИВА ДВУХДОМНАЯ—
Urtica dioica Z.
Gazanda, chayon o ‘t ko‘p yillik, suvga yaqin zah yerlarda
yo‘l yoqalarida o ‘sadigan o ‘t o ‘simlik. 0 ‘simlikning hamma qismi 
badanni achituvchi tuklar bilan qoplangan. 0 ‘simlik tarkibida karotin,
S, К, B2 vitaminlari, organik kislotalar, xlorofill, kraxmal va 
oshlovchi moddalar bor.
Ilmiy tibbiyotda gazanda o ‘simligining dorivor preparatlari 
damlama va suyuq ekstrakt xolida qon ketishni tuzatuvchi, surunkali 
yaralarni, vitaminlar etishmasligidan kelib chiqqan kasalliklarni 
davolash uchun q o ‘llaniladi. Stom atologiyada parodontit va 
gingivostomatitlarda qo'llaniladi. Gazandaning bir osh qoshiq bargi 
bir stakan suvda 30 daqiqa damlanadi, suzilib og‘iz chayiladi.
DALACHOY— ЗВЕРОБОЙ — Hypericum perforatum Z.
Dalachoy, qizilpoycha bo‘yi 80 sm.ga etadigan ko‘p yillik o ‘t 
0‘simlik. Bargi tuxumsimon, gullari tillarang, mevasi uch xonali 
ko‘sakcha. 0 ‘simlik tarkibida 10—12 % oshlovchi modda, karotin, 
efir moyi, smolalar, qand, bo‘yoq moddalari bor.
Tibbiyotda dalachoy o ‘simligining dorivor preparatlari dam ­
lama, nastoyka, suyuq ekstrakt, immanin preparati holida gingivit, 
stomatit, parodontit va shilliq qavat kuyishlarida shifo qilinadi. Ular 
yallig‘lanishni qaytaradi, qon oqishini to ‘xtatadi, epitelizatsiyani 
kuchaytiradi.
YER C H O Y - ПРЯМОХВОСТИК КОКАНДСКИЙ— 
Orthurus kakanicus Juz.
Yer choy, shirchoy Toshkent, Samarqand, Surxondaryo 
viloyatlaridagi tog‘li rayonlarda uchraydigan ko‘p yillik o ‘t o‘simlik.


Uning tarkibida organik kislotalar, vitaminlar, qandlar, oshlovchi 
modda va efir moyi bor. Efir moyi tarkibida 84 % evgenol bor.
Yer choydan olinadigan efir moyining evgenolga boyligi uni 
tish kasaliklarini davolashda hamda og'riq qoldiruvchi pastalar 
tayyorlashda ishlatish imkonini beradi. Og‘iz va tomoqni chayish 
uchun dam lam a tayyorlashda 2 stakan qaynab turgan suvga 
o ‘simlikning maydalangan yer ostki va yer ustki qismidan 2 osh 
qoshiq solib damlanadi va dokadan suziladi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling