S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
2 5 -
rasm. 4- tish, periapekal periodontit. Panoram rentgenogrammadan fragment. Granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun suyak to'qimasining notekis yemirilishi o'ziga xos xususiyatdir. Shu bilan birgalikda sement va dentinning yemirilishi oqibatida ildiz relefining o‘zgarishi, ayrim hollarda esa ildizning qisqarishi hollarini ko‘rish mumkin. Shu bilan birgalikda bolalarda ko'pgina hollarda yiring yo‘li (oqma) ham tasvirdan o ‘rin olishi mumkin. Bundan tashqari kolp ildizli sut tishlarida ildizlar orasidagi suyak to ‘qimasining yemirilib siyraklashuvi (osteoporoz) bolalar yoshida o'ziga xos holat hisob- lanadi. Surunkali granulematoz periodontit xastaligida ildiz cho'qqisida oddiy tish granulemasi yoki murakkab kistali granulema hosil bo‘lishi xususiy xoldir. Tish ildizi sohasida bunday granulyatsiyalanuvchi to ‘qima hosil b o ‘lishi, atrof suyak to'qimasining tekis dumaloq shakldagi, chegaralari aniq ko‘rinuvchi jarohatli yemirilishiga sabab bo‘ladi. Rentgen tasvirida tish ildizining cho‘qqi qismida dumaloq yoki oval shaklidagi, chegarasi aniq ko‘rinuvchi suyak to'qimasining yemirilgan o ‘chog‘i paydo bo‘lgani kuzatiladi. Bu xil suyak jarohati sohasida suyak to ‘qimasining po‘stloq (kortikal) plastinkasi yemirilgan b o ‘ladi. Negativ tasvirda bunday jarohat sohasi qoramtir, pozitiv tasvirda esa sog‘lom to ‘qimadan oqish tusi bilan ajralib turadi. Surunkali fibroz periodont yallig‘lanishida periodont to‘qimasida chandiqli fibroz qo‘shuvchi to'qima vujudga keladi. Bunday hollarda periodont tirqishi kengayib, ildiz cho‘qqisida yoki butun ildiz sathi bo‘ylab sement to'qimasining qalinlashuvi (gipersementoz) qayd etiladi. Rentgen tasvirida periodont tiriqishining kengayganligi ildiz cho‘qqi qismida, ayniqsa, ravshan ko‘rinadi. Shu bilan bir qatorda ildiz cho‘qqisining bir muncha qalinlashuvi va deformatsiyasini ko‘rish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling