S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

ILONSIM ON TARON - ЗМЕЕВИК -
Polygonum bistorta Z.
Ilonsimon taron nam joylarda, ariq bo‘ylarida, butachalar 
orasida va boshqa yerlarda o ‘sadigan o ‘t o ‘simlik. Dori sifatida 
o'simlikning kuzda kavlangan ildiz qismi ishiatiladi. 0 ‘rta Osiyoda 
tarqalgan chiroyli taron tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan.
Stomatologiyada qo'llanilishi: ildiz qaynatmasi va ekstrakti 
burishtiruvchi, qon oqishni to ‘xtatuvchi modda sifatida og‘iz shilliq 
qavatining kataral yallig‘lanishida, lab bichilishida ishiatiladi. Buning 
uchun maydalangan ildizdan bir osh qoshig‘i bir stakan qaynab 
turgan suvga solib 30 daqiqa damlanadi, keyin dokada suzib iliq holda 
og‘iz chayiladi. Idizning ekstraktini dorixonadan sotib olish mumkin.
ISIRIQ — ГАРМАЛА — Peganum harmala Z.
Isiriq 0 ‘zbekistonning deyarli ham m a cho‘llarda, qumloq, 
toshloq va foydalanilmay yotgan yerlarda begona o‘t sifatida o‘sadi.
Isiriq 0 ‘rta Osiyo va Sharq xalqlari tabobatida asrlar davomida 
ishlatib kelinayotgan o‘simliklardan bin hisoblanadi. Isiriq may oyida 
gullaydi, kuzgacha mevasi pishadi. 0 ‘simlikning hamma qismida 
alkaloidlar, bo‘yoq va boshqa moddalar bor, urug'ida moy ko‘p.
Xalq tabobatida isiriqning yer ustki qismidan tayyorlangan 
qaynatm ajuda ko‘p xastaliklarga davo qilib qo‘llaniladi, jumladan 
og‘izni chayish milk kasalliklarida, milk qonaganda tavsiya etiladi. 
Buning uchun 1 stakan suvga 1 choy qoshiq quritilgan isiriq shox- 
chalaridan solib bir oz qaynatiladi, sovutib suziladi va og‘iz chayiladi 
(og‘izni chayish vaqtida ichib yubormaslik kerak, chunki qaynatma 
tarkibida zaharli moddalar ham mavjud).


IT T IK A N - ЧЕРЕДА ТРЕХРАЗДЕЛЬНАЯ-  
Bidens tripartita Z.
Ittikan O'zbekistoning deyarli xamma viloyatlarida uchraydi. U 
nam o ‘tloqlarda, ariq va daryo bo‘ylarida begona o ‘t sifatida o ‘sadi. 
0 ‘simlikning gullashi oldidan va qisman gullashi davrida o‘rib olingan 
yuqori qismi va barglarida 50 % karotin, oshlovchi moddalar
flavonoidlar, shilliq va achchiq moddalar bor.
0 ‘simlikdan tayyorlangan damlama va qaynatma antibakterial, 
yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi va desensibilizatsiya kuchiga ega. 
Ittikan allergik diatezlarni davolashda qo'llaniladigan dorilar 
tayyorlashda ishlatiladi. Stomatologiyada ittikan damlamasi og‘iz 
to ‘qimalarining allergik xolatida, og‘riqlarda, gipovitaminozlarda, 
jarohatlarda, epitelizatsiyani tezlatuvchi sifatida qabul qilinadi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling