S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


TOG RAYXON - ДУШИЦА ОБЫКНОВЕННАЯ -


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

TOG RAYXON - ДУШИЦА ОБЫКНОВЕННАЯ -  
Origanum Tytthantheum gontsch.
Tog' rayxon Respublikamiz tog‘li rayonlarida, tog'larning 
pastki va o‘rta qismidagi mayda toshli qoyalarda o ‘sadigan ko'p yillik 
o 't o'simlik. 0 ‘zbekistonda keng tarqalgan turi mayda gulligi 
hisoblanadi. Tog‘ rayxon tarkibida askorbin kislota, oshlovchi 
moddalar, fenollarva terpenlardan tashkil topgan efir moyi bor.
Stomatologiyada tog' rayxon damlamasi og‘riq qoldiruvchi
gemostatik va tinchlantiruvchi dori sifatida nevralgiyada, gingivit va 
stomatatlarda, parodontitda buyuriladi. Damlama uchun choynakka 
bir stakan qaynab turgan suv quyib ustiga tog‘ rayxonning 
maydalangan yer ustki qismidan bir osh qoshiq solinadi va 20 
daqiqa damlanadi. So‘ngra dokada suzib iliq xolda og‘izda vannochka 
qilinadi (ushlab turiladi).
TUGMACHAGUL - МАЛЬВА БУХАРСКАЯ -  
Malva bucharica Ijin.in.Not.
Tugm acha gul R espublikam izning barcha viloyatlarida 
sug‘oriladigan yerlarda o'sadigan, bo'yi 25—100 sm.ga yetadigan o't 
o ‘simlik. May oyida pushti-binafsha rangda gullaydi, iyun oyidan 
boshlab tugmachaga o'xshagan mevasi pisha boshlaydi. Tugmachagul 
tarkibida S vitamini, karotin, yog‘ (mevasida), ko'p miqdorda shilliq 
va boshqa moddalar bor.
Stomatologiyada tugmachagul damlamasi yallig'lanishga qarshi 
ta ’sir etuvchi va o ‘rab oluvchi dori sifatida kataral gingivit va 
stomatitlarda qo‘llaniladi. Damlama uchun choynakka 2 stakan qaynab 
turgan suv quyib ustiga tugmachagul bargi va gulidan 4 osh qoshiq 
solinadi, yarim soat damlangandan so'ng dokada suziladi va og'iz 
chayiladi.


T U X U M A K - СОФОРА ЯПОНСКАЯ-  
Sophora japonica Z.
Tuxumak chiroyli, sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli, buyi 
25 m.ga etadigan daraxt. Asli vatani Xitoy va Yaponiya b o ‘lsa-da, 
Qrim va 0 ‘rta Osiyoda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. May oyida 
gullaydi, guli sariq rangli, kapalaksimon tuzilgan. Oktyabrda mevasi 
pishadi, mevasi tasbehsimon dukkak.
Dorishunoslar tuxumakning guli, mevasi va barglaridan foyda- 
lanishadi. Ulaming tarkibida 25 % gacha rutin bo‘lishi ulami dunyo 
bo‘yicha rutin manbaiga aylantirdi. Rutindan tashqari soforin, askorbin 
kislota, soforokozid glikozidi va kvarsetin bor. Tibbiyotda rutin qon 
tom irlar devorini mustahkamlovchi, ularning o ‘tkazuvchanligi 
kamaytiruvchi dori sifatida ma’lum. Sofora preparatlari stomatologiya 
amaliyotida gingivostomatitlarda, parodontitda, gemorragik diatezda, 
milklar qonashida vitamin S bilan ichishga yoki shikastlangan joyni 
chayish, surtish uchun qo‘llaniladi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling