S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
TIRNOQGUL - КАЛЕНДУЛА ЛЕКАРСТВЕННАЯ -
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOL - ИВА - Salix alba Z.
- TOG ARNIKASI
TIRNOQGUL - КАЛЕНДУЛА ЛЕКАРСТВЕННАЯ -
Calendula officinalis Z. Timoqgul bir yillik, bo‘yi 30—40 sm. ga yetadigan o‘t o‘simlik. 0 ‘zbekistonda keng madaniylashtirilgan. Shifobaxsh qismi gulsavatidir. Tirnoqgulning gulsavatlarida karotinoidlar, efir moylari, saponin, achchiq modda — kalenden, smola, alkaloid, fitonsidlar bor. Kalendula preparatlari bakteriosid xususiyatga ega. To‘qima- larda yallig‘lanishni qaytarish, regeneratsiya va epitelizatsiyani kuchaytirish xossalari sezilarli. Tirnoqgul nastoykasi va malhami og‘iz, labdagi yiringlagan jarohatlar, yaralar bitishini tezlashtiradi. Shu sababli bu preparatlar kataral va yarali gingivitlarda, stomatitlarda, Bednar aftasida, og‘iz burchaklari va lab yoriqlarini davolashda katta yordam beradi. Aftoz va yarali stomatitlarda tirnoqgul damlamasiga 1:10 qilib o ‘simlik moyi qo‘shilgan emultsiya yoki sof damlama bilan kuniga 3 marta ovqatdan keyin og‘izni chayish tavsiya qilinadi. Dorixonalarda sotiladigan tayyor tirnoqgul nastoykasining bir choy qoshig‘ini bir stakan iliq suvga solib og‘iz bushlig'i va tish-milk cho‘ntaklarini bosim ostida yuviladi. Nastoykani sof holda milk qirg£oqlari yaralanganda va betga surtiladi. TOL - ИВА - Salix alba Z. Tol 0 ‘zbekistoning hamma viloyatlarida o‘sadigan katta daraxt, navdalari mayin, egiluvchan, barglari lansetsimon. Tolning barglari, gullari, p o ‘stlog‘i shifobaxsh xususiyatga ega. Ulardan salisin glyukozidi olingan. Tol po‘stlog‘ida salisindan tashqari S vitamini, flavonlar, oshlovchi moddalar bor. Tibbiyotda tol po‘stlog‘i qaynat- masi stomatitlar, gingivitlarda burishtiruvchi va yallig‘lanishni qoldiruvchi dori sifatida ishiatiladi. TOG ARNIKASI - АРНИКА ГОРНАЯ- Arnica montfna Z. Tog‘ arnikasi tog‘larning yuqori yaylovlarida o ‘sadigan ko‘p yillik o ‘t o ‘simlik. Uning gullari shifobaxsh xususiyatga ega. Gullari tarkibida 4 % gacha achchiq, arnisin moddasi, efir moyi, xolin, organik kislotalar, oshlovchi moddalar, karotinoidlar bor. Tog‘ arnikasi gullari nastoykasi qon oqishini to ‘xtatuvchi, yallig'lanishni to ‘xtatuvchi, og‘riq qoldiruvchi va epitelizatsiyani kuchaytiruvchi xususiyatga ega. Shu sababli bu nastoyka gingivitlarda, stomatitlarda, parodontitda, tish og‘rig‘ida va nevralgiyada ishlatiladi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling