S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
CHAKANDA - ОБЛЕПИХА КРУШИНОВИДНАЯ -
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHOTUT - ТУТ ЧЕРНЫЙ
- EVKALIPT
CHAKANDA - ОБЛЕПИХА КРУШИНОВИДНАЯ -
Hippophae rhamnoides Z. C h a k a n d a O 'z b e k isto n in g ayrim v ilo y a tla rid a to g ‘li rayonlarda, to ‘qayzorlarda va daryo bo‘ylarida o ‘sadi. Chakanda buta yoki kichkina daraxt, poyasi sershox va tikanli, bargi lansetsimon. Chakanda aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgust- sentyabrda pishadi. Mevasi shoxchalarda zich joylashadi, shakli ch o ‘ziqroq, to ‘q sariq yoki qizg‘ish rangda. Chakanda mevasi sersuv, ta’mi yoqimli nordon, polivitamin ashyosidir. Meva shirasi tarkibida 60 mg % karotin, 8 mg % E vitam ini, 900 mg % С vitam ini, B1 va B2 vitminlari bor. Chakanda mevasidan olingan moy nihoyatda shifobaxsh bo‘lib yaralarni tez bitiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta ’sirga ega. Bu xususiyatdan chakanda moyi stomatolgiyada og‘iz shilliq qavatining barcha shikastlar, yarn, aftalari va kuyushini davolashda epitelizatsiyani tezlatuvchi - keratoplastik sifatida ishiatiladi. SHOTUT - ТУТ ЧЕРНЫЙ - Morus nigra Z. Respublikamizning ham m a viloyatlarida o ‘sadigan, juda qadrlanadigan daraxt. Daraxt yaproqlari va po‘stlog‘i oshlovchi, buyovchi moddalar va S vitaminiga juda boy. Mevasi shirin, 12 % qand saqlaydi, juda yoqimli sershira, organik kislotalar va bo‘yoq moddasiga boy. Shotut mevasi ham yoqimli meva, ham doridir. Tibbiyotda shotut mevasidan tayyorlangan qaynatma og‘iz shilliq qavati shikastlanganda va yallig‘langanda chayish uchun ishlatiladi. EVKALIPT — ЭВКАЛИПТ- Eucalyptus Z. Evkalipt baland bo'yli (80 m. gacha), doimo yashil daraxt, vatani Avstraliya, Kavkazda o‘stirilgan. Shifobaxsh qismi bargidir. Quritilgan barg tarkibida 1,5—3 % efir moyi bor, moy tarkibining 80% ni sineol tashkil qiladi, yana smolalar, oshlovchi moddalar, organik kislotalar bor. Evkalipt preparatlari ko‘pgina shifobaxsh xususiyatga ega; antiseptik, yalliglanishga qarshi, qon tomirlarni siquvchi, regene- ratsiyani tezlatish. Shu sababli ular og‘iz kasalliklari va parodontitda muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi. Shu maqsadda evkalipt bargi damlamasi, qaynatmasi, nastoykasi va efir moyi ishlatiladi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling