bir stakan suvda 30 daqiqa damlanadi va dokada suziladi. Damlama
bilan kuniga 4—5 marta ovqatdan keyin og‘iz chayiladi.
QIZIL DO LANA - БОЯРЫШНИК КРОВЯНО-КРАСНЫЙ
—
Crataegus sanguinea Pall.
Qizil do'lana uncha katta bo‘lmagan sershox daraxt yoki buta.
Soy va daryolaming tik qirg‘oqlarida, jar yoqalarida o‘sadi. Shifobaxsh
qismi guli va mevasidir. Gullarida kofeyn va xlorogen kislota, kvarsetin,
giperozid, xolin, asetilxolin, trimetilenamin va efir moyi, mevasida
bulardan tashqari ursolovaya, oleanolovaya kislota, oshlovchi modda
va moyli yog‘ bor.
Qizil d o ‘lan ad an olingan d o rilar
to n u sn i oshiruvchi,
tinchlantiruvchi, desensibilizatsiya ta’siriga ega.
Stomatologiyada ular parodontitni davolash kompleksida
tinchlantiruvchi, og‘iz yumshoq to ‘qimalarining allergik holatlarida
desensibilizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Qizil do‘lananing gulidan
nastoyka, mevasi
va gulidan damlama, mevasidan suyuq ekstraktlar
tayyorlanib dorixonalarda sotiladi.
QIRQ B 0 ‘ G IN - ХВОЩ ПОЛЕВОЙ -
Equisetum arvence Z.
Qirq bo‘g‘in 0 ‘zbekistoning hamma viloyatlarida: ariq va daryo
bo‘ylarida, ekinzorlarda, nam joylarda o ‘sadi. U ko‘p yillik sporali
o‘simlik. 0 ‘simlik poyasida ekvizetonin saponini, alkaloidlar, karotin,
organik kislotalar, oshlovchi va achchiq moddalar bor.
Qirq bo‘g‘in dorilari yallig‘lanishga qarshi ta ’sir etuvchi, qon
oqishni to ‘xtatuvchi, burishtiruvchi,
epitelizatsiyani tezlatuvchi,
tonusni oshiruvchi qobiliyatga ega.
Stomatologiyada qirq bo‘g‘in damlamasi va ekstrakti og‘iz shilliq
qavati yallig‘langanda, lab burchaklari kasalida, parodontitda, A va
S gipovitaminozi ta’sirida og‘iz shilliq qavatining o‘zgarishida, uzoq
vaqt bitmaydigan yaralarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: