S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


QOVUL - КАПЕРЦЫ КОЛЮ ЧИЕ -


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

QOVUL - КАПЕРЦЫ КОЛЮ ЧИЕ -  
Capparis spinosa Z.
Qovul 0 ‘zbekistoning deyarli ham m a viloyatlarida uchraydi, 
devor taglarida, ariq bo‘ylarida, yo‘l yoqalarida o‘sadi. Qovul ko‘p


yillik, tikonli sudralib o ‘suvchi o ‘t o ‘simlik. May oyida gullaydi
avgustda ko‘p urug‘li, danaksiz, xo‘l mevaga o ‘xshash mevasi 
yetiladi.
0 ‘simlik guli tarkibida rutin, kvarsetin, S vitamini, bo‘yoq 
moddalari, mevasida qand, S vitamini, bargida staxidrin, ildizida B- 
sitosterin bor.
Tabobatda qovul guli shirasi yaralarga davo qilinadi, meva 
qaynatmasini esa tish og‘rigini qoldiruvchi va milkni mustahkamlovchi 
dori sifatida qo‘llashadi.
Q O N C H U P - ЧИСТОТЕЛ БО ЛЬШ О Й -  
Chelidonium majus Z.
Qonchup 0 ‘zbeistonda soya salqin yerlarda uchraydi, bo‘yi 
bir metrgacha boradigan ko‘p yillik o‘t o ‘simlik. Dorishunoslikda 
qonchupning er ustki qismi ishiatiladi. 0 ‘simlik tarkibida 20 ga yaqin 
alkaloid, ko‘p miqdorda karotin va S vitamini, efir moyi, organik 
kislotalar, saponinlar bor. Qonchup kuchsiz narkotik ta ’sirga ega, 
ta’sir etgan joyida anesteziya chaqiradi. Stomatologiyada qonchupning 
nastoykasi parodont kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladi. 
Nastoyka tayyorlash uchun maydalangan, quritilgan qonchupga 1:5 
nisbatida 70° spirt quyib 7 kun saqlanadi, keyin filtrlanib baravar 
miqdorda glitserin qo‘shiladi. Kataral va yarali gingivitlami davolashda 
nastoykadan 2 % li suvli eritma tayyorlanib milk cho‘ntaklari bo- 
simostida yuviladi. Gipertrofik gingivitni davolashda nastoykaning 
20 % li suvli eritmasi paxtali piliklarda milk cho‘ntaklariga qo‘yiladi.
QORA ANDIZ - ДЕВЯСИЛ ВЫ СОКИЙ -  
Inula helenium Z.
Qora andiz 0 ‘zbekistonda nam yerlarda, suv bo‘ylarida, o‘tloq- 
larda, tog yon bag‘rilarida o‘sadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. 0 ‘simlik- 
ning shifobaxsh qismi bo‘lgan ildiz va ildiz poyasi tarkibida efir moyi, 
inulin, laktonlar, alkaloidlar, qandlar va boshqa birikmalar bor.
Tibbiyotda qora andiz qaynatmasining yallig‘lanishni bosuvchi, 
og‘riqni qoldiruvchi, antiseptik va epitelizatsiyani kuchaytiruvchi
no


xususiyatlaridan foydalaniladi. Buning uchun 2 osh qoshiq 
maydalangan qora andiz ildizi 2 stakan suvga solib suvning 1 /3 qismi 
kamayguncha qaynatiladi, sovutib dokadan suziladi. Ushbu qaynatma 
bilan parodontitda, kataral va yarali gingivo-stomatitlarda og‘iz 
chayiladi. Tayyor qaynatmani dorixonalardan sotib olish ham 
mumkin.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling