S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

QORA ZIRK - БАРБАРИС -  
Berberis oblonga Schin
Qora zirk, qora qand respublikamizning tog‘li tumanlarida
tog‘laming toshli qoyalarida, qiyaliklarda o‘sadi, bo‘yi 4 m. ga yetadigan 
buta. 0 ‘simlik mevasi tarkibida berberin alkaloidi, bo‘yoq moddalar, 
qandlar, organik kislotalar, efir moyi, oshlovchi moddalar bor. 
Tabobatda qora zirk mevasi issiqni tushiruvchi, chanqoqni qondi- 
ruvchi, ich ketishni to‘xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Buta ildizidan 
tayyorlangan qaynatma bilan og‘iz shilliq qavati shikastlanganda, 
yallig‘langanda, yaralanganda chayish tavsiya etiladi. Tibbiyotda qora 
zirk va amur zirki bargidan tayyorlangan damlama va nastoyka shu 
maqsadda qo‘llaniladi.
QORA SMORODINA - СМОРОДИНА ЧЕРНАЯ-  
Ribes nigrum Z.
Qora smorodina 0 ‘zbekistonda mevali buta sifatida o ‘stiriladi. 
0 ‘simlikning bargi va mevasi shifobaxsh. Barg tarkibida S vitamini, 
efir moyi, mevasida esa С, B, vitamini, karotin, qandlar, organik 
kislotalar, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Qora 
smorodina mevasi va bargidan tayyorlangan qaynatm a ajoyib 
servitaminli preparatdir. Ularni gipovitaminoz ta’siridan bo‘ladigan 
gingivitlarda va milk qonashida foydasi katta. Qora smorodina vitamin 
manbai bo‘libgina qolmay shirincha va diatez, yurak, asab, buyrak 
kasalliklariga davo bo‘ladi.
Damlama tayyorlash uchun choynakka 2 stakan qaynab turgan 
suv quyib 1—2 osh qoshiq barg yoki meva solib 30 daqiqa damlanadi, 
sovutib dokada suziladi va ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi. 
Damlamaga qand qo‘shish mumkin.


Q 0 ‘ N G I R EMAN - ДУБ -  
Quercus robus Z.
Uzoq umr ko‘radigan ulkan daraxt. Evropada keng tarqalgan. 
Shifobaxsh qismi po‘stlog‘i hisoblanadi. Quritilgan po'stloq tarkibida 
10—20 % oshlovchi modda, gallov va ellagov kislota, 14 % pen- 
tozan, 6 % pektin, qandlar, kraxmal bor. Tibbiyotda po'stloq qaynat- 
masining burishtiruvchi va yallig‘lanishni qoldiruvchi xususiyatlaridan 
foydalaniladi. Qaynatma parodontitda, gingivostomatitlarda, og'izdan 
hid kelganda ishiatiladi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling