S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


PIYO Z — ЛУК — Allium сера Z


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

PIYO Z — ЛУК — Allium сера Z.
Piyoz ko‘p yillik o ‘t o ‘simlik, Respublikamizning hamma 
viloyatlarida o'stiriladi. Piyoz boshi tarkibida efir moyi, S vitamini, 
karotin, fitonsidlar, flavonoidlar bor. Bargida bulardan tashqari 
organik kislotalar bo‘ladi.
Stomatologiyada piyoz boshining spirtdagi nastoykasi — 
allipchep va gliserindagi ekstrakti — allilgliser ishlatiladi. Bu dorilar 
yallig‘lanishga, bakteriyalarga va singaga qarshi qobiliyatlari, rege- 
neratsiyani tezlashtirish xususiyatlari boMgani uchun yarali gingivo- 
stomatit, parodontitda og‘izni chayish, applikatsiya qilish va tish- 
milk cho‘ntaklarini yuvish uchun ishlatiladi.
R O V O C H - РЕВЕНЬ - Rheum Z.
0 ‘zbekistonda rovochning 9 turi uchraydi, shulardan 3 xili: 
rovoch, tuyayaproq, cho‘l chuxrasi deb atalgan turlari uzoq vaqt- 
lardan beri tabobatda shifobaxsh o ‘simlik sifatida ishlatilib kelinadi. 
0 ‘simlik tarkibida antraglikozidlar, organik kislotalar, vitaminlar
qandlar, bo‘yoq va oshlovchi moddalar bor.
Stomatologiyada rovoch ildizidan tayyorlangan qaynatma og'iz 
shilliq qavati kataral yallig'langanda bakteriosid, burishtiruvchi va 
milk qonashini to‘xtatuvchi sifatida qo'llanilishi mumkin.
TIK 0 ‘SUVCHI G OZPANJA -  
ЛАПЧАТКА ПРЯМОСТОЯЧАЯ -  
Potentilla erecta Z.
0 ‘rmon va yaylovlarda o‘sadigan, bo‘yi 10—40 sm ga boradigan 
o ‘t o'simlik. Tibbiyotda g‘ozpanjaning kuzda kovlangan, yuvib 
quritilgan ildizi ishlatildi. Uning tarkibida 30 % oshlovchi modda 
mavjud, undan tashqari kraxmal, saponinlar, organik kislotalar, 
smolalar, S vitamini mavjud.
Stomatologiyada ildizning nastoyka va qaynatmasi og‘riqni 
qoldiruvchi, yallig‘lanishni qaytaruvchi, burushtiruvchi modda sifatida 
aftali va kataral stomatitlarda, gingivitlarda ishlatiladi.



Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling