S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


MAKKAJO X O R I - КУКУРУЗА - Zea mays Z


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

MAKKAJO X O R I - КУКУРУЗА - Zea mays Z.
Makkajo‘xori 0 ‘zbekistoning hamma viloyatlarida don hamda 
chorva mollari uchun em-xashak uchun o‘stiriladi. Dorushunoslikda 
makkajo‘xorining mevasi pishib yetilmasdan oldin yigiladigan onalik 
gulining ustunchasi ishlatiladi. Ular tarkibida efir moyi, saponinlar, 
glyukozid, S va К vitaminlari, alkaloidlar bor. Makkajo‘xori onalik 
ustunchasidan tayyorlangan damlama va suyuk ekstrakti qon ivishini 
tezlatadi, trombositlar sonini oshiradi.


Stomatologiyada ushbu dam lam a bilan kataral gingivo- 
stom atitlarda og‘izni chayish maqsadga muvofiq. Buning uchun 
bir osh qoshiq maydalangan makkajo‘xori onalik ustunchasi bir 
stakan qaynab turgan suvda 30 daqiqa damlanadi va dokada suziladi. 
Makkajo‘xori donidan olingan moy stomatologiyada ba’zi dorilami 
eritishda, parodontitda ishlatiladigan qotuvchi pastalar tarkibiga 
kiradi.
NAVROZGUL - ПЕРВОЦВЕТ ВЕСЕННИЙ или 
ЛЕКАРСТВЕННЫЙ - Primula verisZ.
Navro‘zgul ko‘p yillik o ‘t o ‘simlik, bo‘yi 30 sm ga yetadi
aprel oyidan boshlab gullaydi. Gullari nisbatan yirik, sariq rangli. 
Dorishunoslikda navro‘zgulning ildizi va baiglari ishiatiladi. Yaproqlar 
S vitaminiga boy, karotin va saponinlar bor, ildiz qismida 5 -1 0 % 
saponinlar, efir moyi, glyukozidlar, S vitamini bor. Tabobatda 
navro'zgul barg va ildizidan tayyorlangan damlama vitaminga boy 
dori sifatida S va A gipovitam inozlarida, kam quw atlikda
parodontitda, kataral va yarali gingivitda tavsiya etiladi. Bir osh qoshiq 
navro‘zgul bargi bir stakan qaynagan suvda 20—30 daqiqa damlanadi, 
sovigach suziladi. Damlamani uchga bo‘lib, kunda ovqatdan 15 daqiqa 
awal ichiladi.
NA’MATAK - ШИПОВНИК - Rosa Z.
N a ’matak turlari har xil vitaminlarga boyligi bilan e ’tiborga 
loyiq. 0 ‘zbekistonda na’matakning 13 xili o ‘sadi, shundan tibbiyotda
4 xili qo'llaniladi: Fedchenko na’matagi, Begger na’matagi, itburun, 
qirq-og‘ayni. Dori xom-ashyosi sifatida pishib etilgan mevalari 
ishiatiladi. N a’matak mevasi S vitaminiga juda boy; qora smorodinaga 
nisbatan 10 marta, olmaga nisbatan 100 marta boy. Bundan tashqari 
mevasi A provitaminiga boy bo‘lib, tarkibida К, B2, P vitamini, 
oshlovchi m oddalar, qandlar, lim on kislotasi, m ineral tuzlar 
saqlaydi.
Stomatologiyada meva damlamasi milk yaralanganda va undan 
qon oqqanda og‘izni chayish uchun ishiatiladi. Qaynatmasi (2 stakan 
suvga 1 osh qoshiq meva solib 10 daqiqa sekin qaynatiladi) kuniga 
2—3 m arta ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi. Shu tarzda 
na’matak mevasidan olingan moy parodontitda, og‘iz shilliq qavati


shikastlanganda, yaralanganda epitelizatsiyani kuchaytiruvchi modda
— keratoplastik sifatida katta muvaffaqiyat qozondi.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling