S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


AYRIM A’ZO VA SISTEMALAR KASALIGINING


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

AYRIM A’ZO VA SISTEMALAR KASALIGINING 
OG ‘IZ SH ILLIQ PARDASIGA TA’SIRI
Gipovitaminozlar
«А» vitamini yetishmayotgan bolalar terisi quruq, tez ko‘chib 
turadigan bo‘lishidan tashqari kon’yuktivada ham namlik darajasining 
pasayib ketishi kuzatiladi. 0 ‘sha vaqtda og‘iz shilliq qavati ham quruq, 
giperemiyali holatda bo‘ladi. Bunda og‘ir kechadigan gingivos- 
tom atitlar ro‘y beradi. Lablar quruq, yuzalari yorilgan, burchaklari 
bichilib qolishi mumkin.
Endokrin kasalliklar
Qandli diabetda gingivit yoki paradontitdan tashqari og‘izning 
tez-tez qurishi, tom oq achishi kabi noxush holatlar ro‘y beradi. 
Til, lunj va lablarning shilliq pardasi doim o giperemiya holatida 
bo‘ladi.
Miksedemada og‘iz shilliq pardasi asl rangini yo'qotib oqamtir 
tusga kirib qoladi, har bir tish lunj shilliq qavatida o ‘z izini qoldirgan 
bo‘lishi va ushbu sohalarda shish ancha zo‘raygan bo‘lishi mumkin.
Qalqonsimon bez va qalqon orldi bezlari funksiyasi buzilgan 
bolalar og'zida surunkali kandidomikoz yuzaga kela boshlaydi. Lekin 
ushbu holat «molochnisa»dagi singari tilning yuza qismini emas
balki eng chuqur yerlarini ishg'ol qiladi, shuning uchun uni chiqarib 
olish ancha mushkul.
Itsenko-Rushing kasalligida esa bolalarning og‘iz shilliq qavati 
to‘qimalarining immunitet darajasining pasayib ketishi oqibatida o‘ziga 
hos bo‘lmagan yallig‘lanishlarning guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Oshqozon-ichak kasalliklarida til shilliq qavati yuzasida doimiy 
fibroz yalliq parda bilan qoplangan boMadi. Surunkali gingivit, doimiy 
shishlar kuzatiladi. Jigari h astalan g an b o lalarning og‘zida 
trombositopeniya natijasidagi gemorragiyani ko‘rishimiz mumkin.
Yurak-qon tomir kasalligi bilan og‘rigan bolalar og'zida va 
lablarida ko'kim tir rangli holat (gipoksiya) qayd etilgan. Qonning 
dimlanishi esa shilliq qavatdagi shishlarni yuzaga keltiradi.



Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling