S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

12- rasm. Lablardagi tug'ma kemtiklik.
N uqson qanchalik katta b o ‘lsa, funksional o ‘zgarishlar 
shunchalik darajada chuqurlashib boraveradi (ovqatni og‘iz orqali


qabul qilish, suyuqliklarni simirish, so‘rish, puflash, og‘izga havo 
dimlash, nafas olish, so‘zlashuv nutqi va eshitish qobiliyati).
Hozirgi statistik m a’lumotlar, bolalardagi har uch nuqsonning 
bittasi burun bo‘shlig‘i germetizmining buzilishi bilan kechishini 
k o ‘rsatm oqda. B unday buzilish evstaxiyev havo y o ‘lining 
o‘tkazuvchanlik darajasini buzilishi va eshitish qobiliyatining o‘zgarishi 
bilan davom etadi. Bunday nuqsonli bolalar nutq so‘zlash, ayrim 
iboralami bayon etish borasida katta qiyinchiliklarga duch keladilar.
Endilikda bunday bolalarni samarali davolash va ulardagi psixo- 
emotsional rivojlanishni to ‘g‘ri yo‘lga solish borasida rivojlangan 
davlatlaming yirik shaharlarida maxsus markazlar tashkil etilmoqda. 
Shu jum lad an , Toshkent shahrida ham T oshkent Tibbiyot 
Akademiyasi qoshida ana shunday Tibbiy-pedagogik kompleks faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Bu yerda xirurg-stomatologlardan tashqari pediatrlar, 
logopedlar, ortodontlar, jismoniy tarbiyachilar, pedagoglar faoliyat 
ko‘rsatishmoqda.
Olimlarimizning kuzatuvlariga ko‘ra, bunday nuqsonlarning 
5%i irsiy yo‘nalishda avloddan-avlodga o ‘tib borar ekan. Homilaga 
tashqi sharoitning noo‘rin ta ’siri bu yerda asosiy o ‘rin tutadi. Ushbu 
nohush ta ’sirotlarni aynan sanab o ‘tish borasida turli tadqiqotlar 
olib borilmoqda. Eksperemental tadqiqotlar A vitaminining ko‘p 
istemol qilinishi, kislorod yetishmovchiligi, rentgen nurining ta’siri, 
to ‘yib ovqat yemaslik, kartizonning ta ’siri kabi omillarni asosiy 
sababchi ekanligini ko‘rsatmoqda.
Kundalik kuzatuvlar esa, aksariyat shunday nuqsonlar bilan 
tug‘ilayotgan bolalaming onalari homiladorlik davrida shaytonlash 
(epilepsiya)ga qarshi dori vositalaridan foydalanganliklarini 
ko‘rsatmoqda.
Tug‘mq uylari(kompleksi)da ishlovchi vrachlar, shu jumladan, 
mikropediatr yoki neonotologlar shunday nuqson bilan tug‘ilgan 
bolalarni darhol vrach-xirurg-stom atolog ko‘rigidan o ‘tishini 
ta’minlab berishlari lozim.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling