S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Tish cho‘tkasi yordamida tishlarni mexanik tozalash


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Tish cho‘tkasi yordamida tishlarni mexanik tozalash
Tishlarni tozalash tartibini o ‘zlashtirishdan oldin tish yoyini 
shartli tarzd a bir necha segm entlarga b o ‘lib olishim iz zarur 
(18- rasm) Avvalom bor, tish va milklarni tozalashni yuqorigi o ‘ng


tarafda joylashgan oziq tishlar(molyarlar)dan boshlangan m a’qul va 
shu tarzda 18- rasmdagi ko‘rsatilgan tartibda (raqamlar bo‘yicha) 
davom ettiriladi. Demak, avval yuqorigi tish va milklar va oxirida 
pastki tish va milklar tozalanadi.
18- rasm. 
T is h y o y i s e g m e n tla ri.
Yuqorigi yon tishlarni tozalashda cho‘tka qilchalari tishlarning 
lunj yuzasiga nisbatan o ‘tkir burchak ostida pastdan yuqoriga 
yo‘nalgan holatda joylashm og‘i lozim. Shu yo‘sinda go‘yoki 
«supurayotgandek» yuqoridan pastga qarab qilchalami harakatga 
keltirish kerak (19- rasm). Pastki jag‘da esa, aksincha, ya’ni pastdan 
yuqoriga qarab harakatlantrish zarur. Bunday harakatlar milk 
qirg‘oqlarini jaroxatlanishidan asraydi va milk cho‘ntakchalaridagi 
ovqat va qon qoldiqlarini chiqib ketishiga imkon yaratib beradi.
4
19- rasm. 
«Supuruvchi» harakatning boshlanishi.


Shundan so‘ng bir necha gorizontal (oldindan-orqaga) harakat 
amalga oshiriladi (20- rasm) va nixoyat qilchalami milk qirg‘oqlariga 
daglal botirmagan xolda tishlarning vestibulyar (lunj) yuzasi uzra 
aylanma harakat amalga oshiriladi (21- rasm).
20- rasm. Gorizontal harakat.
21- rasm. Aylanma (rotatsion) harakat.
SoLngra awalgisiga teskari yo‘nalishdagi aylanma harakat amalga 
oshiriladi. Yndan solng, xuddi yuqorida ta’kidlangandek tarzda barcha 
amallar keyingi segmentda amalga oshiriladi. Yuqorigi va pastki yon 
(oziq) tishlarning chaynov (okklyuzion) yuzalariga tish cho‘t-


kasining qilchalari perpendikular tarzda joylashm og‘i shart. Bun- 
da aralash yo‘sinda, ya’ni bir yo‘la ham oldindan-orqaga va aylanma 
harakatlami amalga oshirishimiz mumkin. Bunday tarzdagi harakat- 
lar qilchalarni tishlar fissurasining eng chuqur nuqtalariga xam- 
da tishlaming kontakt nuqtalarigacha etib borishini ta ’minlab beradi 
(22- rasm).

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling