S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

Qon kasalliklarida ham og‘iz shilliq pardasidagi o‘zgarishlar 
jiddiy tus oladi.
Eritropoez jarayonining buzilishi va anemiya holatida til va lunj 
shilliq qavati juda och rangda bo‘lib biroz shish hosil qiladi.
Leykopoez buzilishida, surunkali leykozda og‘iz shilliq pardasida 
turli giperplastik buzilishlar ro‘y beradi. Yarali gingivit hukm suradi. 
Nekrotizatsiya tezlashadi (yutqindan tortib to lablarni shilliq 
pardasigacha).
Nazorat savollari
1. Umurniy kasalliklamiiig og‘iz bo‘shlig‘idagi belgilari haqida tushuncha 
bering.
2. 0 ‘tkir gerpetik stom atit ( 0 ‘G S )n in g bolalarda o ‘ziga xos klinik 
kechishi haqida gapirib bering.
3. O g‘iz shilliq qavati kasalliklam i qiyosiy tashxisi haqida tushuncha 
bering.
4.
0 ‘G Sni um um iy davolashda pediatm ing tutgan o ‘rni.
MAKTABGACHA TARBIYA VA MAKTAB 
YOSHIDAGI BOLALAR MUASSASALARIDA 
STOMATOLOGIK KASALLIKLARNI OLDINI O LISH
Bolalarga yoshlikdan foydali ko‘nikma va odatlarni singdira 
borish, ya’ni sog‘lom turmush tarzi qoidalarini o ‘rgatish, bugungi 
kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Sog‘lom avlodni tarbiya- 
lab voyaga yetkazar ekanmiz, zimmamizdagi bu m a’suliyatli burchni 
sidqidildan bajarishimiz lozim. Bu borada bolalami ozodalikka o ‘rga- 
tish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda tish kasalliklarining oldini olish maqsadida maktabgacha 
tarbiya muassasalarida va maktablarda pediatr tom onidan olib 
boriladigan sanitariya — m aorif ishlarini to ‘g‘ri tashkil etish kerak 
bo‘ladi. Sanitariya — maorif ishlari sog‘lom turmush tarzi haqidagi 
tibbiyot bilimlarini tashviqot kilish, sog‘liqni saqlash, kasalliklaming 
oldini olish yo‘llarini tushuntirishdan iborat.
Tibbiyot xodim lari, xususan stom atolog v rachlar yoki 
pediatrlar, mahsus o ‘qitilgan tibbiy hamshiralar bolalar, tarbiya-


chilar, o'qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida suhbat o‘tkazishsa, so'zga 
chiqib, m a’mza qilishsa, sanitariya-niaorifi ishlarining samarasi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bulardan tashqari, sanitariya-maorifiga 
doir maxsus adabiyotlar, varaqalar, ko‘rgazmalar, slaydlar, diafilm 
namoyishi va boshqa shu kabilar ham tashkil etiladi, negaki, ulaming 
ikkalasi bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir.
Bolalar o‘rtasida sanitariya-maorif ishlarini puxta o‘ylab, reja 
bilan olib borilganda foydasi yaxshi bo‘ladi.
Sanitariya-maorifi ishlarini birgalikda olib borgan m a’qul. Shu 
sohaning mutaxassislari fikriga ko‘ra bunda to ‘rtta zveno: ishni olib 
borayotgan vrach, o ‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va 
bolalarning o‘zlari qatnashishlari lozim.
Sanitariya-maorif ishlarini birinchi navbatda o'qituvchilar va 
bolalar muassasalaridagi tibbiy xodimlar boshlashlari kerak. Tibbiy- 
pedagogik ishlar rejasiga quyidagi savollarni kiritish mumkin:
— sut tishlari va doimiy tishlarning shakllanish xususiyatlari, 
yetilishi va funksiyalari;
— tishlarning yorib chiqish muddatlari;
— bolalarda tish kariyesi va uning asoratlari;
— tish cho‘tkasi va tish pastasi turini tanlash;
— tishni qaysi yoshdan tozalash kerak, tishni tozalash qoidalari;
— tishlarning sog‘lom bo‘lishida ovqatlanishning ahamiyati;
— milk va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari;
— stomatologiya kasalliklarining oldini olishda og‘iz bo‘shlig‘ini 
toza tutishning ahamiyati.
Suhbat davomida stomatologiyada profilaktikaning maqsad va 
vazifalarini tushuntirish lozim. Rejalashtirilgan tadbirlar aniq shaklda 
bayon etilishi kerak. Ushbu profilaktika tadbirlarining yaxshi natija va 
samara berishi uchun ular yuqoridagi tadbirlarni to ‘la bajarishlari, 
sinchkov bo‘lishlari lozimligi uqtiriladi.
Sanitariya-maorif ishining keyingi bosqichida bolalar bilan 
qizg‘in suhbat olib boriladi. Suhbatni bolalar yoshiga qarab o‘tkazgan 
m a’qul. Bunday suhbatlar 2—4 yoshdagi bolalar bilan o‘yin tarzida 
o ‘tkaziladi. Bunda, bolalarni o ‘yinlarga qiziqtirish, qisqasi bolaning 
«tilini» topishga harakat qilish kerak bo‘ladi. Bunga misol tariqasida 
«Quyon»ni yoki bolalarga tanish bo ig an boshqa biror personajni


o ‘ylab topish mumkin. Masalan, karam, sabzini ko‘p yeydigan va 
shu bilan birga tishini ham tozalab turadigan quyonchani, uning 
tishi og‘rimasligini misol qilib keltirish mumkin. Qiziq, u tishini 
qanday tozalar ekan?
Shunday qilib o ‘yin jarayonida bolalarga qanday qilib tishni 
tozalash kerakligini tushintirish va tozalab ko‘rsatish, keyin bu ishga 
o ‘rgatish kerak, shunda bolalar tish tozalash yo‘llarini o ‘zlari 
mustaqil o ‘rganib oladilar.
E.I. Borovskiy og‘iz bo‘shlig‘ini toza tutish to‘g‘risida bolalarga 
7 ta mustaqil mashg'ulotni (15 daqiqadan) o ‘rgatishni tavsiya etadi. 
Bu ishda yaxshi natijalarga erishish uchun mashg‘ulot olib borila- 
digan joyni tanlay bilish, maktabgacha tarbiya muassasalarida og‘iz 
bo‘shlig‘i gigiyenasi burchagini tashkil etish muhim. 0 ‘yin olib 
boriladigan xonani bezash, unda katta-katta o ‘yinchoqlar, jag‘ 
modellari, suratlar, plakatlar va tishni tozalash sxemalari osilgan 
bo‘lishi kerak. Xonada bir nechta rakovina, gigiyena vositalarini va 
o ‘yinchoqlarni saqlash uchun shkaflar va boshqa vositalar bo'lishi 
kerak. Mashg‘ulotlar quyidagi tartibda olib boriladi:

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling