AYRIM A’ZO VA SISTEMALAR KASALIGINING
OG ‘IZ SH ILLIQ PARDASIGA TA’SIRI
Gipovitaminozlar
«А» vitamini yetishmayotgan bolalar terisi quruq, tez ko‘chib
turadigan bo‘lishidan tashqari kon’yuktivada ham namlik darajasining
pasayib ketishi kuzatiladi. 0 ‘sha vaqtda og‘iz shilliq qavati ham quruq,
giperemiyali holatda bo‘ladi. Bunda og‘ir kechadigan gingivos-
tom atitlar ro‘y beradi. Lablar quruq, yuzalari yorilgan, burchaklari
bichilib qolishi mumkin.
Endokrin kasalliklar
Qandli diabetda gingivit yoki paradontitdan tashqari og‘izning
tez-tez qurishi, tom oq achishi kabi noxush holatlar ro‘y beradi.
Til, lunj va lablarning shilliq pardasi doim o giperemiya holatida
bo‘ladi.
Miksedemada og‘iz shilliq pardasi asl rangini yo'qotib oqamtir
tusga kirib qoladi, har bir tish lunj shilliq qavatida o ‘z izini qoldirgan
bo‘lishi va ushbu sohalarda shish ancha zo‘raygan bo‘lishi mumkin.
Qalqonsimon bez va qalqon orldi bezlari funksiyasi buzilgan
bolalar og'zida surunkali kandidomikoz yuzaga kela boshlaydi. Lekin
ushbu holat «molochnisa»dagi singari tilning yuza qismini emas,
balki eng chuqur yerlarini ishg'ol qiladi, shuning uchun uni chiqarib
olish ancha mushkul.
Itsenko-Rushing kasalligida esa bolalarning og‘iz shilliq qavati
to‘qimalarining immunitet darajasining pasayib ketishi oqibatida o‘ziga
hos bo‘lmagan yallig‘lanishlarning guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Oshqozon-ichak kasalliklarida til shilliq qavati yuzasida doimiy
fibroz yalliq parda bilan qoplangan boMadi. Surunkali gingivit, doimiy
shishlar kuzatiladi. Jigari h astalan g an b o lalarning og‘zida
trombositopeniya natijasidagi gemorragiyani ko‘rishimiz mumkin.
Yurak-qon tomir kasalligi bilan og‘rigan bolalar og'zida va
lablarida ko'kim tir rangli holat (gipoksiya) qayd etilgan. Qonning
dimlanishi esa shilliq qavatdagi shishlarni yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |