S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
Nazorat savollari
1. S to m a to lo g ik san ita riy a -m a o rif ishlarini olib borishda pediatr- larning roli haqida s o ‘zlab bering. 2. O g‘iz b o ‘sh lig ‘i gigiyen asin in g m aqsad va vazifalari nim alardan iborat? 3. T ish em ali c h id am liligin i oshirish am aliyoti haqida nim alarni bilasiz? TISH KASALLIKLARIDA RENTGEN TASVIRINING TAHLILI K an es xastaligida Kariyes kavagi rentgen tasvirida dumaloq oval yoki noto‘g‘ri shakldagi qattiq to‘qimaning siyraklashgan yoki uning (toj qismining) chet sohalaridagi anatomik chegarasining buzilganligi kabi o‘zgarishlar sifatida namoyon bo‘ladi. Kavak chegaralari tekis bo‘lmaydi. Bu hoi ayniqsa, tishlarning kontakt yuzalaridagi karioz kavaklarning rentgen tasvirida yaqqol ko‘rinadi. Odatda ko‘z va asboblar yordamida aniqlanishi mushkul bo‘lgan yashirin kavaklami tekshirish maqsadida (kariyes kavak plomba ostida, koronka yoki ildizlar sohasida, kontakt yuzalarida bo'lsa), rentgen nuridan foydalaniladi. Olingan rentgen tasviri kariyes jarayonining qay darajada chu q u r kechayotganligini k o ‘rsatadi. Kariyes xastaligining dog‘li davrini rentgen tasvirida odatda aniqlab bo‘lmay- di. Yuza kariyes jarayoni tish qattiq to‘qimasining chetida joylashgan taqdirda, jarohat zonasi aniqroq ko‘rinadi. 0 ‘rta va chuqur kechuvchi kariyesda emal va dentin to‘qimasida hosil bo'lgan yemirilish aniq va ravshan ko‘rinadi. Plomba ostidagi ikkilamchi kariyes kavagi aniq ravshan (negativda qoraygan dog‘, pozitivda rangsiz oqish) bo‘shliq sifatida aks etadi. Aynan shunga o‘xshash tasvimi plomba ostiga ajratuvchi vosita sifatida qo‘yilgan prokladkalar ham hosil qiladi. Ular odatda rentgen nurini qaytarish xususiyatiga ega bo‘lmaydi (kalmesin, suvli dentin va h. k.) Lekin ikkilamchi kariyes hosil qilgan bo‘shliqning chegaralari notekis, uydim-chuqur bo‘lishi patologik jarayondan darak beradi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling